Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari


Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari


Download 32.67 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1388109
1   2   3   4   5
2. Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko’ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog’lanishlarning hosil bo’lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo’lganida harakatlarni yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.
Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida og’irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo’’tadilgacha, mashqlar va yondashuvlar o’rtasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.
Oxirgi kuchlanish bolalarning asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo’yadi. SHuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada ko’pi bilan 1-2 marta qo’llash lozim.
Takroriy kuchlanish uslubi taxminan to’rt va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.
Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin.
Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o’rtasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarbag’daq ga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.
Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o’sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham – 40-60 s.
Yolg’iz harakat, masalan, 5 marta sakrash yoki 5 marta cho’nqayib o’tirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab bo’lmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti ro’yxatga olinadi. So’ngra esa yolg’iz harakatlarning bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo’lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Panjalar harakati tezligini 5 yoki 10 s ichida qog’ozga qalam bilan mumkin qadar ko’p miqdordagi nuqtalarni belgilab aniqlash mumkin. Sport bilan shug’ullanmaydigan maktab o’quvchilari to’g’risidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling