Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari


Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari


Download 32.67 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1388109
1   2   3   4   5
3. Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari
Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha uslublardan foydalaniladi. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’satdan paydo bo’ladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning o’zgarishiga javoban mumkin qadar tezroq reaksiya ko’rsatish uslubidir. Misollar: yugurishda past start olishni qayta bajarish, o’qituvchining signaliga binoan harakat yo’nalishini o’zgartirish, boksda raqibining avvaldan ma’lum bo’lgan hujum zarbiga javoban himoyalanish va hokazo. Bu uslub yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko’rsatadi.
Qisqa muddatli harakatlarni yuqori darajada bajarish layoqatini (berilgan vaqtda kim ko’p takrorlaydi) tarbiyalashning samarali vositalari o’qituvchining ovozli signallari (qarsaklar, xushtaklar va boshqalar) bilan, ritmik musiqa ostida bajariladigan umumrivojlantiruvchi va ixtisoslashtirilgan mashqlardir.
5-10-15 sekund (bosh ustida qo’llar bilan qarsak chalish, qo’llarni aylantirish, joyida yugurish vaqtida qadamlar soni, topshirilgan balandlikka joyidan sakrash, arg’amchi bilan sakrashlar, cho’nqayib o’tirib-turish, navbat bilan yoki bir vaqtning o’zida, qadoq toshlar, gantellar ko’tarish) davomida harakatlarni bajarish mumkin;

Harakat tarbiyasini amalga oshirishda maxsus mashqlardan foydalaniladi, unda o’quvchilar signalga imkon boricha tezroq javob berishga intiladilar. Bunday mashqlarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin:

  • aylana bo’yicha yugurish, yurish, to’satdan berilgan signalga (hushtak, qarsak) biror bir mashqni (cho’nqayib o’tirib-turishlar, aylanishlar, qo’llar bilan qarsaklar va h.k.) maksimal tezlikda bajarish. Har qaysi harakat tezlikda 2-3 martadan bajariladi;

  • signal bo’yicha tezlikka, nishonga koptoklarni tashlashlar;

  • signal bo’yicha predmetlar bilan va predmetsiz (gavdani engashtirish va aylantirish, cho’nqayib o’tirib-turish) oyoq va qo’llar harakati.

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Jadal harakatlarning oxirgisini bajarish vaqtida (maksimal imkoniyatning 95-100% i darajasida) tezlikni muvaffaqqiyatli tarbiyalash mumkin.
Kreatinfosfat energiya manbai orqali tezkorlikni rivojlantirish va yo’nalish bo’yicha takomillashtirish haqida ma’lumot 16-chizmada keltirilgan.
Maksimal jismoniy aerob va anaerob yuklamada jarayonlarning energiya bilan ta’minlanishi to’g’risida ma’lumot 2-jadvalda keltirilgan.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling