Shaxsning individual xususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. Har bir odamning o’ziga yarasha shaxsiy xususiyatlari bor. Bir-biriga o’xshaydigan, ammo tamomila bir xil bo’lmagan kishilar bor. Odamning individual xususiyatlari aqlida, hislarida, irodasida namoyon Jbo’ladi. Har bir odam o’ziga yarasha idrok etadi, eslab qoladi, o’ziga yarasha fikr yuritadi va so’zlaydi. Har kirn turli hislarni o’ziga yarasha ko’ngildan kechiradi va turli sharoitda o’ziga yarasha ish qiladi. Har bir odamning o’ziga xos temperamenti va xarakteri, o’ziga yarasha individual layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslari bor.
Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi — gavdasidir. Odamni shaxs deb aytganimizda umuman odamni — uning ongi va organizmini nazarda tutamiz. Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |