The department of preschool and school education of bukhara region
Download 172.44 Kb.
|
Xat 12.09.2023 10 мактаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- THE DEPARTMENT OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF BUKHARA REGION
- 01-_____ «___»_____________2023 г. Buxoro shahar prokuraturasiga
- Boshqarma boshlig‘i F.Qurbonov
Buxoro shahar prokuraturasiga Sizning 2023-yil 09-sentyabrdagi № 4-36121/23-sonli talabnomangizga Viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi tomonidan mazkur talabnoma tegishliligiga ko‘ra atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi: Buxoro shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.Barotova tomonidan maktab hududida oshxona qurish uchun 2023-yil 10-aprelda bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga maktabning 40 m.kv bo‘sh turgan yer maydonini ijaraga berish va tanlov o‘tkazish uchun xat bilan murojaat qilgan. Jumladan, 2023-yil 7-iyunda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, maktab balansidagi obyektning 40 m.kv qismi “bufet tashkil qilish uchun” ajratilgan va 2023-yil 8-iyunda 697634/123-23-sonli ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan. Maktab hududidan ajratilgan yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha tanlov hujjatlari chizmasi va fotosuratlarda ko‘rsatilgan hududda bufet tashkil qilish uchun yengil konstruktsiyali qurilma o‘rnatishning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, maktab direktori tomonidan 2023-yil 8-iyunda tuzilgan 601/5-112994-sonli obyektni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tuzilayotgan vaqtda yer maydoni bo‘yicha ma’lumotlarni markazga noto‘g‘ri berganligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha maktab direktoriga nisbatan mehnat qonunchiligi doirasida intizomiy jazo choralari ko‘rildi, hamda noto‘g‘ri berilgan yer maydonida kommunikatsiya va yong‘in yo‘lagi joylashganligi sababli bufet maktab hududining boshqa qulay joyida qurilganligi to‘g‘risida bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi xabardor qilingan. Bundan tashqari viloyat hokimining 2023-yil 7-sentyabrda o‘tkazilgan sayyor qabulida tadbirkor Rajabzoda Sayfullo Karimovich tomonidan yuqoridagi holat bo‘yicha og‘zaki murojaat qilinib bufet tashkil qilish uchun qurilgan maydonida faoliyatini davom ettirish bo‘yicha tegishli ruxsat olganligini ma’lum qilamiz. Ilova: varaqda Boshqarma boshlig‘i F.Qurbonov Ijrochi: J.Berdiyev (99) 988-21-52 Download 172.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling