The department of preschool and school education of bukhara region


Download 172.44 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1676638
Bog'liq
Xat 12.09.2023 10 мактаб


buxoro VILOYATI
MAKTABGACHA VA
MAKTAB
ta’limi
BOSНQARMASI



THE DEPARTMENT
OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION
OF BUKHARA REGION

200112, Buxoro shahar, Hamza ko‘chasi, 6-uy
Tel: (365) 223-08-45, faks: (365) 223-05-47
web-site: bvxtb.uz, e-mail: buxoro_vxtb@xtv.uz




6, Hamza street, Bukhara city, 200112
Phone: (365) 223-08-45, faх: (365) 223-05-47
web-site: bvxtb.uz, e-mail: buxoro_vxtb@xtv.uz




2023y. «___»_____________

01-_____

«___»_____________2023 г.



Buxoro shahar
prokuraturasiga
Sizning 2023-yil 09-sentyabrdagi
№ 4-36121/23-sonli talabnomangizga
Viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi tomonidan mazkur talabnoma tegishliligiga ko‘ra atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi: Buxoro shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.Barotova tomonidan maktab hududida oshxona qurish uchun 2023-yil 10-aprelda bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga maktabning 40 m.kv bo‘sh turgan yer maydonini ijaraga berish va tanlov o‘tkazish uchun xat bilan murojaat qilgan.
Jumladan, 2023-yil 7-iyunda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, maktab balansidagi obyektning 40 m.kv qismi “bufet tashkil qilish uchun” ajratilgan va
2023-yil 8-iyunda 697634/123-23-sonli ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan.
Maktab hududidan ajratilgan yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha tanlov hujjatlari chizmasi va fotosuratlarda ko‘rsatilgan hududda bufet tashkil qilish uchun yengil konstruktsiyali qurilma o‘rnatishning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, maktab direktori tomonidan 2023-yil 8-iyunda tuzilgan
601/5-112994-sonli obyektni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tuzilayotgan vaqtda yer maydoni bo‘yicha ma’lumotlarni markazga noto‘g‘ri berganligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha maktab direktoriga nisbatan mehnat qonunchiligi doirasida intizomiy jazo choralari ko‘rildi, hamda noto‘g‘ri berilgan yer maydonida kommunikatsiya va yong‘in yo‘lagi joylashganligi sababli bufet maktab hududining boshqa qulay joyida qurilganligi to‘g‘risida bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi xabardor qilingan. Bundan tashqari viloyat hokimining 2023-yil 7-sentyabrda o‘tkazilgan sayyor qabulida tadbirkor Rajabzoda Sayfullo Karimovich tomonidan yuqoridagi holat bo‘yicha og‘zaki murojaat qilinib bufet tashkil qilish uchun qurilgan maydonida faoliyatini davom ettirish bo‘yicha tegishli ruxsat olganligini ma’lum qilamiz.
Ilova: varaqda
Boshqarma boshlig‘i F.Qurbonov

Ijrochi: J.Berdiyev


(99) 988-21-52
Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling