Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish. O’sib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti sur’atlari aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari ahamiyatini
oshirmoqda. Bu xarajatlar korxonaning maxsus buxgalteriya hisobida uchta manba: yangi texnikani o’zlashtirish fondi (agar korxonada shunday fond mavjud bo’lsa), bank krediti va foyda (xarajatarni mahsulot tannarxiga kiritish yo’li bilan) hisobiga yig’iladi. Aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari (Nkd) normasini hisoblashda quyidagi formulaga amal qilinadi:
Nkd = R + Rich + Rt
Bu erda:
R - yil boshida kelgusi davr xarajatlari uchun sarflanishi mo’ljallangan mablag’lar miqdori (buxgalteriya hisoboti bo’yicha);
Rich – rejadagi yilda loyiha-smetalarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarish xarajatlari;
Rt - o’zlashtirilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiluvchi hamda smetalarda ko’zda tutiluvchi yoki maxsus manbalar hisobiga qoplanuvchi xarajatlar.
Alohida elementlar bo’yicha aylanma mablag’lar xarajatlari normalari aniqlangandan so’ng, aylanma mablag’larga bo’lgan umumiy ehtiyojlar (normativ) miqdori hisoblanadi. Korxona aylanma mablag’lariga bo’lgan umumiy ehtiyoj, ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xarid qilinuvchi mahsulotlar, qadoqlash va o’rov materiallari, yoqilg’i va hokazolar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va kelgusi davr xarajatlaridan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |