The economy of enterprise


Tayyorlov (texnologik) zahirasidan


Download 0.55 Mb.
bet115/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo’lgan korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog’-moy kombinati, yog’ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda tayyorlov zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda normaga solinadi.

Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko’ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni etkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o’rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo’lgan vaqtga asosan aniqlanadi.

Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralarini yaratishda aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo’lib xizmat qiladi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling