Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o’zgarishlar kiritish. Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy
eskirishning oldini olishga ko’maklashadi.
Ustama xarajatlar – asosiy xarajatlarga qo’shimcha bo’lib, ular bilan birga ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatish xarajatlari.
|
Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz rivojlanish
jarayoni.
|
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli
mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
|
Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xarajatlar
o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
|
Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so’miga to’g’ri keluvchi
mahsulot miqdori.
|
Fond sig’imi –fond qaytimiga teskari bo’lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish fondlari o’rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida
hisoblanadi.
|
|