Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo’lib, ular o’zlariga biriktirib qo’yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko’ra ham tasniflanadi.
Xo’jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo’lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o’zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko’maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko’rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo’ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o’z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo’jalik o’rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo’lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik (kommandit o’rtoqligi) ko’rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |