The economy of enterprise
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to’ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o’rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo’yiladi.
Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik o’rtoqliklari va shu kabi sub’ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o’rtoqlik yoki korxonaning ta’sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo’yilishi mumkin. Biroq ta’sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko’rsatib o’tilishi mumkin. To’liq o’rtoqchilik korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko’rsatilmagan bo’lsa, ishtirokchilar o’rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. “Korxonalar to’g’risida” gi qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:
muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari; mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar; qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar; banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar; korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. Davlatning korxonalar mulkini (asosiy fondlar, aylanma mablag’lar va hokazo) tortib olishiga yo’l qo’yilmaydi, qonunchilikda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling