The economy of enterprise
III BOB. KORXONANI TAShKIL QILISh VA UNING FAOLIYATINI TO’XTATISh
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
III BOB. KORXONANI TAShKIL QILISh VA UNING FAOLIYATINI TO’XTATISh
Korxonani tashkil qilish tamoyillari Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; korxona muassislarini tanlash; taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; davlat ro’yxatidan o’tish; muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi. Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish; ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish; ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish; fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish; yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish; ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling