Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi


Download 46.72 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi46.72 Kb.
#1119974
  1   2   3
Bog'liq
Korxona MT3


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN

MUSTAQIL ISH




Mavzu: Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Suyunov A.


Qabul qildi: Azimov Y.

Jizzax 2022



Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish
Reja:

  1. Korxonani tashkil etish tamoyillari

  2. Korxonalar faoliyatini to‘xtatish sabablari

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona malisulotlariga boMgan talabga asoslanadi. Biron bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin.


Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
- korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi;
- korxona muassislarini tanlash;
- taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish;
- korxona nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
- korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
- davlat ro‘yxatidan o'tish;
- muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
- soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.
O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalami, ushbu bo‘linmalaming mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlami tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko‘rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o‘zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo’lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
• iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
• ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolami hal qilish;
• ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslami jalb qilish;
• fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fiiqarolar yoki shaxslar gumhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
• ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan:

  • korxona nizomi;

  • ta’sis shartnomasi.

Amaliyotda korxona faqat nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi.

Download 46.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling