Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi Tadbirkorlik - korxonalar xo’jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo’lib,
foyda (daromad) olish va uni ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg’amlikka berilish, turg’unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lmasa, demak, u bo’sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o’tkazib o’tiruvchi shaxs hisoblanadi. Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko’tarish va korxonaning oladigan daromadlarini ko’paytirish yo’llarini izlab topadilar.
Tadbirkorlikni ko’pincha muayyan shaxsga “bog’lab qo’yadilar” hamda bu shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud. Bu holatni jamoa biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |