«Korxona iqtisodiyoti» - iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi
Fan tadqiqotlar faoliyati sohasi bo’lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash to’g’risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo’naltiriladi. «Iqtisodiyot» fani umumiy fanlarning tarkibiy qismi bo’lib, uning o’rni va ahamiyati to’g’risida avvalgi bo’limda qisqacha to’xtalib o’tildi. Fan yordamisiz, atrofimizni o’rab turgan dunyo to’g’risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Ilmiy o’rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o’zaro aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |