Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: «Qizil kitob», ekologiya, tabiat, metodika, vosita, temperament, psixologiya, elementar, muhofaza, izlanuvchan, kuzatuvchan Adabiyotlar.
- Mavzu yuzasidan savollar
1-MODUL. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi tarixi Mavzu: Maktabgacha Ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha. Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. 2. Tabiat, inson va jamiyat haqida tushuncha. Tayanch tushunchalar: «Qizil kitob», ekologiya, tabiat, metodika, vosita, temperament, psixologiya, elementar, muhofaza, izlanuvchan, kuzatuvchan Adabiyotlar. 1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b. 2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y 3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y. 4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y. 5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y 6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y. 7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y. 8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y. 9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y. 10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y. 1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y 12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y. 13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni. O 'zbekiston 14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y. 15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V- 16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у 17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у 18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998. 19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly. Yangi O'zbekistonning milliy davlatchiligimiz poydevori kun sayin mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O'z tarixiy an'analaridan, yashash tarzidan kelib chiqib, ulug' ajdodlarning tajribdlariga tayangan holda ko'p qonunlar yaratilmoqda. Bu qonunni amalga oshirishda ta'lim tizimining birinchi bosh bo'g'ini hisoblangan maktabgacha tarbiya muassasalari, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish. tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta'lim-tarbiya berishning ahamiyati kattadir. Yosh avlodni etuk mutaxassislar, aqlan, ruhan kamol topgan, o'z Vatanini sevuvchi, uni e'zozlovchi inson qilib tarbiyalashda ushbu sohaning o`rrni beqiyos. Bola shaxsining mukammal shakllanipshda tabiat, unda bo'ladigan voqea- hodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar ekanlar aqlan, ahloqan, jismonan, ilmiy dunyo qarashlari mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, ehtiyot qilish va muhofaza qilish ruhida tarbiyalanadilar. Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. biz tabiatni e'zozlashimiz, unga to`g’ri munosabatda bo`lib, tabiatni yana ham ko'rkamligiga, abadiyligiga o`z hissamizni qo'shishimiz zarur. Yosh bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar asosida amalga oshiriladi. Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir. Sababi inson go'dakligidanoq, tabiat qoynida o'sadi, ulg'ayadi kamol topadi. Bolani go'dakligidan boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to'g’ri munosabatda bo'lishga o'rgatib borishimiz zarur. Bu kursni o'qitish jarayonida talabalar tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining tashkil topishga hissa qo'shgan pedagog psixologlarning ilmiy-pedagogik faoliyatlari bilan ham tanishadilar. Sharq mutafakkirlarining tabiat hayotida insonniig tutgan o'rni haqidagi fikrlari va ilmiy asarlarini o'rganadilar. Talabalar tabiat burchagida, hayvonot olami, er maydonchasida o'sadigan o'simliklar dunyosi haqida bilimga ega bo'ladilar hamda ularni parvarish qilishning ko'nikma va malakalarini egallaydilar. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ekologik muammodir. Shu sababdan ham bolalar bog'chalarida ham ekologik ta'lim-tarbiya berishga alohida e'tibor berilmoqda. Tabiat bilan tanishtirish metodika fanida talabalarga ekologik ta'lim-tarbiya berish usullari, «Qizil kitob» haqida qisqacha ma'lumot va «Qizil kitob»ga kiritilgan, noyob o'simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta o'rin berilgan. Shunindek, talabalar bolalar boqchasidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi yangi tajribalarni ham o'rganib olishlari zarur. Buni ular o'sha bog’chalarda amaliyotda bo'lgan davrlarida o'rganadilar. Bolalarni tabiat qonun-qoidalari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to'g'ri o'sib ulg'ayishiga, tabiatda bo'ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatga, ona-Vatanga, tabiat boyliklariga bo'lgan mehr-muhabbatni oshiradi. Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaramasdan barchamizning ishimiz ekanligi esdan chiqarmasligimiz kerak. Bog'chadagi bolalarning har tomonlama kamol topishida tabiat bilan tanishtirishning o'ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayon turli vositalar, metodlar orqali amalga oshiriladi. Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz tarbiyachilar, ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni ko'ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak deymiz? Chunki inson organizmining imkoniyatlari beqiyosdir. Bu imkoniyatlar ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko'proq foizini tashkil etadi. Faqat biz tarbiyachi-murabbiylar uni vaqtida parvarish qilsak uning o'sib voyaga etishi uchun sharoit yaratsak. u, albatta, kurtak yozib hosil beradi. Ma'lumki, har bir odam shaxsining o'ziga xos xususiyatlari ya'ni ehtiyoji, temperament tiplari, xarakter xislatlari, iste'dodi, qobiliyatlari bo'ladi. Bu xususiyatlarning rivojlanishi shakllanishi bevosita bola yashaydigan muhitga, tevarak-atrofga bog'liq. Demak, bola psixologiyasi ham tabiat bilan chambarchas bog'langan bo'ladi va ular bir-birini to'ldiradi, mustahkamlaydi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi boq’cha sharoitida xilma-xil bo'lib bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni va tabiatda bo'ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o'rgatadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o'ziga xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o'zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab chiqish, hayot tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi o`zining yashaydigan muhiti, sharoitiga mos usullarni topib amalda qo'llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan hayotda dadil qadam tashlaydigan bo'lmog’i kerak Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan hozirgi talabalarga qo`yilayotgan talab yanada kattadir. Chunki hayotimiz doimo rivojlanishda, fan-gexnika, ta'lim-tarbiya sohasida yangi-yangi qirralar ochilmoqda. Mavzu yuzasidan savollar: Tabiat nima? 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida tabiatning o'rni qanday? 3.Ekologiya haqida nimani bilasiz? 4.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi bolalarni nimaga o`rgatadi? Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling