Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.59 Mb.
bet6/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Savol va topshiriqlar
1.Tabiatshunoslik metodikasi faniga V.F. Zuevning qo`shgan hissasi qanday?

  1. V. Gyerdning metodikasining xarakterli xususiyatlari nimada?

  2. O`zbekistonda tabiatshunoslik metodikasi bilan kim shug`ullanadi?

O`rta Osiyo allomalarining tabiatshunoslikni rivojlanishiga qo`shgan hissalarini o`rganib chiqing, asarlarini taxlil qiling.
2-MODUL. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi mazmuni.
4. Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish.

Reja:

  1. Tabiat-bolalarni har tomonlama tashkil topishida asosiy omil sifatida.

  2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi shaxsiga qo’yiladigan talablar.


Tayanch tushunchalar: ko`rgazma, metod, usullar, ekskursiya, sayr, printsip,
botanika, zoologiya, astronomiya, Entsiklopedik, didaktika, dastur
Adabiyotlar.

1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b.


2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y
3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y.
5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y
6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.
7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y.
10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y.
1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y
12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y.
13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.
O 'zbekiston
14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y.
15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V-
16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у
17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у
18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998.
19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly.

Bo`limiga materiallar quyidagi printsiplar asosida tanlanadi: Bolalarni tabiat bilan tanishtirsh printsiplari, Ko'rgazmalilik printsiplari, Entsiklopedik printsipi Bolalar yoshiga moslik printsipi, O`lkashunoslik printsipi.


Bolalar yoshiga mos jonli va jonsiz tabiat haqida oddiy tushunchalar berish bolalarga beriladigan bilimlar oddiy bo'lishi bilan birga ilmiy aniq bo'lishi kerak. Masalan: o'simlikni yorug’likka, suvga, issiqlikka bo'lgan ehtiyoji. Bolalarga beriladigan bilimlarning barchasi ko'rgazma asosida berilishi shart. O'z o'lkasi tabiati haqida chuqur bilim berish. Tabiatshunoslikning barcha sohalari (botanika, zoologiya, astronomiya) haqida bilim berish.
Yuqorida aytib o'tilgan printsiplar bir-biri bilan bogliq holda olib boriladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ilmiylilik printsipiga rioya qilinadi. Beriladigan tabiat haqidagi bilimlar ilmiy bo'lishi bilan birga bolalar tuhunadigan bo'lishi zarur.
Masalan: Erta bahorda kunlar isiydi. Kunlar isigani sababli daraxtlar kurtak chiqaradi. Osmon ko'm-ko'k tus oldi biz endi boq’cha er maydonchasiga ekin ekishimiz mumkin.
Mana shunday oddiy misollar orqali bolalar aniq va ilmiy asosda tushunchalarga ega bo'ladilar.
Ilmiy printsip bolalar yoshiga mos bo'lsagina samarali natija beradi. Bu haqda Y.A.Komenskiy shunday degan: Oddiydan - murakkabga, yaqindan- uzoqqa, tanishdan-notanishga tomon borish kerak. Bu printsiplar dasturdagi tabiat bilan tanishtirish bo'limida o'z aksini topgan. Biz bolalarni tabiat bilan tanishtirishda bevosita o'zlariga yaqin bo'lgan, atroflarini o'rab turgan tabiat bilan tanishtirishdan boshlaymiz. Bolalarga avval boq’chadagi daraxtlar so'ngra o'rmondagi daraxtlar haqida bilim beramiz. Demak, biz yaqindan-uzoqqa tomon degan qoidaga rioya qilishimiz zarur.
Biz bolalarga bilim berishda ularning avvalgi bilimlariga tayanamiz. Shundagina ular yangi bilimni chuqur o'zlashtirib oladilar. Bolalarga beriladigan bilim ilmiy, bolalar yoshiga mos bo'lsa. ular ko'rgazmasiz bo'lsa, bolalar yaxshi tushunmaydilar.
Y.A.Komenskiy shunday degan: "Avval sezgilarda bo'lmagan narsa, intellektda ham bo`lmyaydi".
Shundan qilib chuqub hissiy tajribani bilish va o'rganish asosida quyidagi ko'rgazmalilik printsipini asoslab berdi. Ko'rgazmalilik faqat buyum, hodisalarni ko'rib idrok etish emas, balki ularni hamma sezgi organlarini jalb qilgan holda idrok qilishdan iborat. Bu didaktikaning oltin qoidasi hisoblanadi. Agar biror bir predmetni bir necha sezgi organlari bilan idrok qilish mumkin bo'lsa, shu narsani idrok qilish uchun bir yo`la bir necha sezgi organlarini ishga solish lozim. Agar o'rganilayotgan predmetni ko'rish imkoni bo`lmasa. ularning sur'atlari yoki modellariga murojaat qilish lozim. Demak, ko'rgazmalilik bolalarni abstrakt tushanchalarini real anglashga olib keladi.
Entsiklopedik so'zi grekcha so'z bo'lib, barcha fanlarni har tomonlama bilim olish, bilimlar yigindisi ma’nosida qo'llaniladi
Bolalar osmon jismlarini astronomiyadan, o'zi tug’ilib o`sgan shahar, qishloq, voha, daryo, tog’larning nomlarini geografiyadan; o'simliklar nomlari. ularning o`ziga xos xususiyatlari botanikadan bilib boradilar.
Tabiatshunoslik bilimlarini oddiydan - murakkabga tizimli ravishda yaqindan - ya'ni o'z o'lkasi tabiatidan boshlab uzoq ya'ni boshqa o'lka tabiatini tanishib, o'rganish asosida amalga oshiriladi. O'z o'lkasi tabiati bilan tanishish bevositasi bolani tevarak - atrofdagi, boq’chsidagi er maydonchasidagi o'simliklar, gullar, ko'chatlar, daryo va ko'l nomlari, tog'lar, yo'lda uchraydigan maysalar nomi, hayvonot olami; ya'ni bola kundalik hayoti davomida duch keladigan jonli va jonsiz tabiat bilan tanishishdan boshlash zarur. Shu tizim asosida ish tashkil etilsa, o'zga o'lkaning tabiati bilan tanishish engil, oson kechadi.
Mavzu yuzasidan savollar;

  1. Printsip deb nimaga aytiladi?

  2. Qanday printsiplarni bilasiz, ularga misol keltiring?

  3. Tabiat bilan tanishtirsh jarayonida qaysi printsipdan foydalaniladi?

4 . O'lkashunoslik printsipini izohlab bering?
5. Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirishning mazmuni. Tabiat bilan tanishtirish tamoyillari
Reja:

  1. Yer va oy haqida tasavvurlarni shakllantirish

  2. Quyosh planitalari haqida tasavvurlarini shakllantirish.

  3. Tabiat bilan tanishtirishda ilmiylik tamoyili, bolalarning yoshiga mosligi tamoyili.

  4. O’lkashunoslik tamoyili, ensiklopedik, faslchilik tamoyillari.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling