Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.59 Mb.
bet5/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
"Bolalar dunyosi" kitobida bolalarni nutqini rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o`rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko`rsatib beradi. U o`quvchilar mustaqil qabul qilganlari xotirasida mustahkam saqlab qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayonga kuzatish metodining rolini yuqori ko`tardi.
Tabiat o`qitish sistemasini taklif qilgan olimlarning biri Aleksandr YAkovlevich Gyerd (1841-1888). A.YA. Gyerd ko`rgazmali o`qitish bola idrokining bor holatiga muvofiq bo`lishi kerak. Gyerd shunday sistemani tuzdiki, tabiatni o`rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang`ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o`qitish metodikasini ishlab chiqdi. “Tabiat qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek “Yer, havo, suv” nomli o`quv qo`llanma va ularni o`qitishga oid “Boshlangich maktablarda predmetli darslar” nomli metodik qo`llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq yillargacha jonsiz tabiat kursi bo`yicha asosiy qo`llanma bo`lib keldi.
XX asr boshlarida maktablarda tabiat o`qitilishida uch yo`nalish belgilandi. Dimitriy Ivanovich Tixomirov “Boshlang`ich maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o`qitish kerak” (1901) kitobida tabiatni izohli o`qitishga kiritish o`rniga asosiy o`quv predmeti sifatida ajratib chiqarishni taklif qildi. Bu yo`nalishlarga Vladimir Aleksandrovich Gyerd (1870-1926) o`zining "Boshlang`ich maktab kursidagi tabiat alohida predmet sifatida”, (1917) nomli kitobida jiddiy qarshi chiqdi. Tixomirov takliflarini tanqiydiy taxlil qilib, tabiat darslarini izohli o`qish darslari bilan almashtirish mumkin emas degan xulosaga keldi. Bu masalaga Vasiliy Prokofevich boshqacharoq qaradi.
1917 yillarda kompleks tarbiya g`oyalariga asoslangan vazifalar bilan bogliq bo`lgan yangi tipdagi maktablar vujudga keltirish to`g`risidagi masalalar kelib chiqdi. Endi mustaqil fan sifatida tabiatga munosabat ham o`zgardi. Oldin bu fanga e`tibor berilmagan bo`lsa, endilikda u boshlang`ich va o`rta maktablarda asosiy o`quv predmetlaridan biri bo`lib qoldi. 1923 yili boshlang`ich sinflar uchun kompleks dasturlar joriy qilindi. Bunda barcha o`quv materiali o`qitish yiliga qarab tabiat, mehnat bo`limlariga va o`rmon, "Shahar", "Kuz", "Qish", "Bahor", "Yoz", mavzulari bo`yicha taqsimlandi.
M.N.Skatkin bilimlar holatining qoniqarsiz bo`lishi tabiatda kuzatishlar o`tazilmasligidan deb ko`rsatdi.
V.A.Zavitaevning tajriba uchatkasida va sinfda kuzatish va tajribalar o`tkazish zarurligi to`g`risida “Boshlang`ich maktabda tabiat bo`yicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material o`qish bilan to`ldirish va mustahkamlashni talab qiluvchi tajribalarning aniq metodikasini bayon qildi.
Syningdek XIX, XX asrlarda tabiatshunoslik o`qitish metodikasi fanining rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlardan S.A.Pavlovich, A.A.Pleshakov, Z.A.Klepinina, V.D.Vinogradovalarning o`quv-metodik qo`llanmalar, dasturlar, darslik va kundalik kuzatish daftarlari ko`p yillar davomida umumta`lim maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan foydalanib kelgan.
1969 yillardan boshlab tabiatshunoslik alohida fan sifatida 2 va 3 sinflarda o`qitila boshladi; 1-chi sinfda esa tabiiy tushunchalar nutq o`stirish va o`qish darslarida kiritilgan.
1986 yillda umumta`lim muassasalarida o`qish 10 yilliklan 11 yillikka o`tilishi bilan bog`liq o`zgarishlar 1-2 sinflarda yangi fan “Atrofimizdagi olam” kiritilgan. 3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fani o`qitilishi davom etgan.
O`zbekistonda birinchi o`zbek tiliga tarjima qilingan tabiiy fanlar bo`yicha adabiyotlar 1919 yilda kiritilgan. Ular “Boshlang`ich geografiya”, “Turkiston”, o`qituvchi uchun “Tabiat bo`lagi”nomli qo`llanmalar Qori Niyozi tomonidan tayyorlangan. 1927-29 yillarda birinchi bosqich maktablari uchun “Bizning o`lka”, “Tabiatshunoslikdan o`qish kitobi” nomli o`lkashunoslik darsliklari chop etilgan.
1948 yillardan tabiat bilan tanishtirish o`qish darslarida amalga oshirilgan, faqat 4 sinfda tabiatshunoslik o`qitilgan. Shu vaqtlarda “O`zbekistonning rus maktablari uchun dasturli metodik ko`rsatmalar” barpo etilgan (Belskaya E.).
1986 yidan atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik fanlaridan dasturlar, o`quv-metodik majmualar, darslikdar, o`quv qo`llanmalar, kundalik kuzatish daftarlar, “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” kurslaridan didaktik materiallari Belskaya E. va Grigoryans A. Tomonidan ishlab chiqilgan.
Mustaqillik sharofati bilan 1998 yildan davlat ta`lim standartlari qabul qilingan, o`quv reja va dasturlar qayta ko`rib chiqilgan, xususan tabiatshunoslik fanidan ham.
Hozirgi kunda O`zbekistonda Tabiat bilan tanishtirish kursi 1-sinfdan boshlab o`qitiladi, 2-sinfda tabiiy bilimlar chuqurlashtiriladi. 3-4 sinflar tabiatshunoslik dasturi ilgari olingan bilimlarini davomi bo`lib, keyingi sinflarda umumbiologik kurslarni asosi hisoblanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling