Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish,
tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi.
Aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aktsiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish
huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz.
|
Aktsiyadorlik kapitali – aktsiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi
Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag’lar va aktsiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
|
Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o’tkazilishi; mablag’larning maqsadli
ravishda jamg’arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o’rnini qoplashga ishlatilishi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |