Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish
yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapital qo’yilmalar - asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirishga sarflanuvchi
moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
|
Kapital sig’imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan
mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko’rsatkich.
|
Kombinatsiyalash – bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan
birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
|
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali
asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
|
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
o’tishi.
|
Kontsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo’shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish
hamkorligi vositasida birlashuvi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |