Materiallardan foydalanish koeffitsienti – xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko’rsatkich. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbati sifastida
hisoblanadi.
Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini
ob’ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va
sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |