Investitsion siyosat – kapital qo’yilmalarning eng ustivor yo’nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish, sarflangan har bir so’mga mahsulot o’sishi va
milliy daromadning eng yuqori ko’rsatkichlariga erishish.
Investitsiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni
o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi.
|
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli
kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
|
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat
xizmatlari ko’rsatilishi.
|
Innovatsiya - jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini
majmuasi.
|
158
|
|
|
Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. Transport, aloqa, savdo, moddiy-
texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlashni o’z ichiga oladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |