The economy of enterprise
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona Nizomi
Ta’sis hujjatlari
Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi; ta’sis shartnomasi. Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko’rsatuvchi soha va tarmoq, atrof- muhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to’g’ri va to’liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro’yxatga olinadi, keyin esa o’z muhriga ega bo’lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo’lga kiritadi. O’z muhri va hisob raqamiga ega bo’lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling