Qisqacha xulosalar
O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining muhim sub’ekti korxona - iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini bo’lib, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashadi.
Har bir korxona ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, ularni iste’mol uchun tayyor mahsulot (ish, xizmat) holiga keltirish yo’li bilan mamlakat iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Korxonalarning har biri boshqasidan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Shu sababli ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish hamda ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish uchun korxonalar tasnifini bilish zarur.
Istalgan bir sanoat korxonasi ko’plab bo’g’inlardan iborat bo’lib, ularning tarkibi va tuzilishi hamda o’zaro munosabatlarini tuzilma sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxonalar tuzilmasini o’rganish ularning sanoat majmuasida tutgan o’rni, roli va ahamiyatini aniqlash imkonini beradi. O’z navbatida ishlab chiqarish tuzilmasini loyihalashtirishda uning shaklanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni inobatga olish muhimdir. Korxona tuzilmasini belgilab beruvchi omillar tahlili ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |