The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet39/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Qisqacha xulosalar

Korxonalarni tashkil qilish va tugatish bozor munosabatlari sharoitlarida odatiy va qonuniy holdir. Korxonani tashkil qilish ishlab chiqarishni kengaytirish va biron-bir mahsulotga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelsa, korxonalarni tugatish esa talabning mavjud emasligi hamda bankrotlikka bog’liq bo’ladi.

Korxonalarni tashkil qilgandan so’ng ularni kelajakda samarali faoliyat yuritishini ham ta’minlash zarur. Shu sababli biron-bir korxonani tashkil qilish asoslangan bo’lishi va ilmiy tamoyillarga tayanishi lozim.

Korxonalar tashkil qilinishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar bu korxona Nizomi va ta’sis shartnomasi bo’lib, ba’zi hollarda korxonalar ko’rsatilgan hujjatlarning bittasi asosida ham faoliyat yuritishi mumkin.

Korxonani tashkil qilish jarayoni boshqaruv organlarida ro’yxatga olish bilan bog’liqdir. Qonunchilik tomonidan korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazishning qat’iy belgilangan muddatlari mavjud.

Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi. Bunga asosiy sabab qilib korxonaning to’lov qobiliyatini yo’qotishini ko’rsatish mumkin.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling