The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet28/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo’ladi.

Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi.

Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko’rsatmoqda.

Nizom jamg’armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko’rishlari mumkin.

Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi



Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo’jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.

Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.

Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo’jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin.





    1. Download 0.55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling