The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet89/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Qisqacha xulosalar
Samaradorlik - xo’jasizlik, isrofgarchilik va boshqa talofatlarning antipodidir. Biroq samaradorlik o’z-o’zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi.

Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo’jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik va hokazolarni ko’rsatish mumkin.

Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo’jalik yuritish amaliyoti to’lov qobiliyati koeffitsienti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablag’lar nisbati koeffitsienti, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti va xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanadi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling