The Present Continuous Tense (Hozirgi Davomli zamon) Formulasi (Darak gap shakli)


Ushbu zamonning Payt ravishlari (Zamon ko’rsatgichlari


Download 207 Kb.
bet5/83
Sana08.11.2021
Hajmi207 Kb.
#171694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
tenses

8. Ushbu zamonning Payt ravishlari (Zamon ko’rsatgichlari): now - hozir, at the moment – shu onda, right now – ayni paytda, at present – hozirda, for the time being – hozirda, still – hali ham, currently – hozirda,

Endigina” ma’nosida “just” so’zi ushbu zamonda ishlatildi: Have you done the shopping? I’m just going. Bozorlik qildingmi? Men endigina borayapman.

9. Quyidagi his-tuyg’uni ifodalaydigan fe’llar ushbu zamonda ishlatilmaydi, ya’ni -ing qo’shimchasini olmaydi: want like belong realize forget mean

need love hear believe understand seem



know remember prefer hate suppose

10. Lekin quyidagi fe’llar bir ma’noda –ing qo’shimchasini olsa, ikkinchi ma’noda –ing qo’shimchasini olmaydi: a) to have – fe’li “bor, mavjud, ega” ma’nosida –ing olmaydi, lekin boshqa turli ma’nolarda –ing oladi: I have a computer – menda kompyuter bor. I am having breakfast – men nonushta qilyapman. She is having a rest – u dam olyapti.

b) to see – fe’li “ko’rmoq” va “tushunmoq” ma’nosida –ing olmaydi: Do you see me, my dear? - Yes, I see. Meni tushunyapsanmi, qadirdonim? – Ha, Men tushunyapman. “to see” fe’li “uchrashmoq” ma’nosida –ing oladi. I am seeing Tom tomorrow. Men ertaga Tom bilan uchrashyapman.

c) to look – fe’li “qaramoq” ma’nosida –ing oladi, “ko’rinmoq” ma’nosida –ing olmaydi: She is looking at you. U senga qarayapti. She looks sad. U xafa ko’rinyapti.

d) to smell – fe’li “hidlamoq” ma’nosida –ing oladi, “hid taratmoq” ma’nosida –ing olmaydi: She is smelling the rose. U atirgulni hidlayapti. The rose smells good. Atirgul yaxshi hid taratyapti. The soup smells bad. Sho’rva yomon hid taratyapti.

e) to taste – fe’li “tatib ko’rmoq” ma’nosida –ing oladi, “ta’m, maza bermoq” ma’nosida –ing olmaydi: I am tasting the soup. Men sho’rvani tatib ko’ryapman. The soup tastes good. Sho’rva yaxshi ta’m beryapti.

f) to sound – “ovoz chiqarmoq, baqirmoq” ma’nosida –ing oladi, “eshitilmoq, quloqqa chalinmoq, o’xshamoq” ma’nosida –ing olmaydi: They are sounding angrily. Ular g’azab bilan baqiryaptilar. The music sounds good. Musiqa quloqqa yoqimli eshitilyapti. Your suggestion sounds good. Taklifingiz yaxshiga o’xshaydi.

g) to feel – fe’li “his qilmoq” va “teginib ko’rmoq” ma’nolarida –ing oladi, “tuyulmoq” ma’nosida –ing olmaydi: She is feeling bad. U o’zini yomon his qilyapti. I am feeling the paper. It feels rough. Men qog’ozga teginib (siypalab) ko’ryapman. U g’adir-budir tuyulyapti.. She is feeling the cat’s fur. The cat’s fur feels soft. U mushukning yungini silayapti. Mushukning yungi yumshoq (momiq) tuyulmoqda. “Fikrida bo’lmoq” ma’nosida ham “feel” fe’li –ing olmaydi: I feel that it is important to respect other people’s opinion. Boshq odamlarning fikrini hurmat qilish muhim degan fikrdaman. I feel it will rain tomorrow.

h) to think – fe’li “fikrid bo’lmoq, menimcha, uningcha” ma’nolarida kelsa “-ing” olmaydi, lekin “o’ylamoq” ma’nosida “–ing” oladi: I think he will come tomorrow. Menimcha, u ertaga keladi. I am thinking about my exam now. Men hozir imtihonim haqida o’ylayapman.

i) to weigh [wei:] – fe’li “tarozida o’lchamoq” ma’nosida “-ing” oladi, lekin “vaznga ega bo’lmoq” ma’nosida “-ing” olmaydi: I’m weighing the meat. Men go’shtni o’lchayapman. I weigh 80 kgs now. Men hozirda 80 kilogramman.

j) to fit – fe’li “o’rnatmoq” ma’nosida “-ing” oladi, lekin “yarashmoq” ma’nosida “-ing” olmaydi: I’m fitting a lock in the door. Men eshikka qulf o’rnatayapman. This dress doesn’t fit me. Bu ko’ylak menga yarashmayapti.

Fe’llarning quyidagi turlari “–ing” qo’shimchasini olmaydi:


Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling