«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 425.84 Kb. Pdf ko'rish
|
HUVAYDO IJODINING MANBALARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 253 | tug‘ilib, voyaga yetdi va o‘sha yerda ijod qildi. Usha vaqtlarda ilmli kishilar juda oz bo‘lib, Huvaydoni tushunadigan va qadrlaydigan ziyolilar sanoqli bo‘lgan Buni Huvaydo devoniga kiritilgan aayrim g‘azallardagi ishoralar ham tasdiqlaydi. Ikkinchidan, ijtimoiy-siyosiy parokandaliklar, adolatsizlik va zulm kuchaygan bir sharoitda ilmsizlik va jaholat ilm ahliga nisbatan loqaydlikni, ilm-ma’rifatning qadrsizlanishini oshirdi. Uchinchidan, Huvaydo vafotidan so‘ng uning valiylik karomatlari haqida juda ko‘p afsona va rivoyatlar yaratilgan bo‘lib, ana shunday rivoyatlardan birida aytilishicha, Huvaydoning Chimyonda xor-zor bo‘lgan, odamlar malomatidan bezib qo‘shni Mindon qishlog‘iga borgan, u yerda qadr-qimmat va obro‘ topgach, mindonliklarni «bir doning ming don bo‘lsin» deb duo qilgan ekan. Mindonliklarning hozirgacha chimyonliklarga qaraganda to‘q, farovon hayot kechirayotganliklarining, qishloqning nomi «Mindon» ekanligining sababi ana shunda emish. Bunga o‘xshash juda ko‘plab rivoyatlar ulug‘ mutasavvif-shoirning og‘ir va murakkab hayoti haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. To‘rtinchidan, sobiq sovet tuzumi davrida ommaviy qatag‘on yillarida ruhoniylarga va dinga qarshi kurash sharoitida juda ko‘plab diniy kitoblar yo‘q etildi. Bu ayanchli qismat Huvaydo haqidagi asarlarda ham o‘z aksini topdi. XVIII asr O‘rta Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqi tarixida eng zulmatli va qoloq, shafqatsiz va zulmkor davr bo‘ldi. Parokandalik va tarqoqlik, xonlarning, amir va beklarning boshboshdoqligi, halokatli nizolari, jaholat va razolat juda kuchayib ketadi. Xalq va mamlakat ahvoli nihoyat darajada og‘irlashadi va ular hayotidagi sotsial fojia nihoyasiga chiqadi [Зоҳидов, 1975. 169]. Mamlakatda, maʼnaviy hayotda, barcha jabhalarda tushkunlik va majruhlik kayfiyati hukm surardi. Bu albatta, tasodif emas, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi hokim fojialarning, yoqimsiz voqealarning oqibati, ifodasi edi. Huvaydo ijodi mana shunday cheksiz og‘ir, azobli va murakkab davrning azobli mevasi bo‘ldi. Huvaydoning tasavvufiy qarashlari shakllanishida, albatta, jamiyat hayotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy tanazzul asoratlari, bir tomondan, zulm va adolatsizliklar, toj-taxt urushlarining avj olishi, ikkinchi tomondan, jamiyat taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan ilm-ma’rifat ahllarining mol-u dunyoga xirs qo‘yishi, odamlar o‘rtasida riyokorlik, yolg‘onchilik, tamagirlik, manmanlik, kibr, xasadgo‘ylik singari illatlarning kuchayishi, uchinchidan, jaholatga qarshi jaholat bilan kurashishning ayanchli oqibatlari kuchli ta’sir etgan. Huvaydo Boborahim Mashrabning kichik zamondoshi, bir xil tarixiy muhitda yashab ijod qilgan mutafakkirdir, ammo Huvaydo jamiyatda duch kelgan og‘ir va murakkab muammolarni hal etishda Boborahim Mashrab yo‘lidan emas, balki Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyor yo‘lini – sunniy tasavvuf yo‘lini tanladi. Mumtoz adabiyotimiz vakili Huvaydo barkamol insonni tarbiyalashni muhim vazifa, burch deb bilar ekan, zamondoshlariga, kamolotga, ma’naviy xazinalarga yo‘l ko‘rsatishni asosiy vazifa hisoblagan. Download 425.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling