«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»
Download 425.84 Kb. Pdf ko'rish
|
HUVAYDO IJODINING MANBALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
- Ключевые слова
International scientific-theoretical conference on the topic: «THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 250 | H.G’. Eshkuziyeva. HUVAYDO IJODINING MANBALARI HUVAYDO IJODINING MANBALARI Eshkuziyeva Hilola G‘ulom qizi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada Huvaydo ijodiga oid manbalar to‘g‘risida so‘z boradi va ularning shoir faoliyatini o‘rganishdagi o‘rni ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Devon, tasavvuf, «Rohati dil», dostonnavis, g‘azal. Annotation: This article discusses the sources of Huvaido‘s work and reveals their role in the study of the poet’s work. Keywords: Devon, sufism, «Rohati dil», epic writer, ghazal. Аннотация: В данной статье рассматриваются источники творчества Хувайдо и раскрывается их роль в изучении творчества поэта. Ключевые слова: Девон, суфизм, «Рохати дил», эпический писатель, газель. Huvaydo o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik va serqirra ijodkorlaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari hayotligida ham, keyingi asrlarda ham xalqimiz orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Xo‘janazar Huvaydo Ahmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Mashrab kabi buyuk mutasavvuflar an’anasini davom ettirib, ularning ijodidan ilhomlanib, tasavvufona asarlar yaratdi. Garchi Huvaydo hayotligida devon tartib qilmagan bo‘lsa ham, bu xayrli ishni uning avlodlari nihoyasiga yetkazdilar. Huvaydoning chevarasi Hoji Salohidddin Soqib va Mirza Hakim ibn Marg‘iloniylar tartib qilgan Huvaydo devoni boshqa mualliflar tuzgan devonlarga nisbatan to‘liqroq va mukammalroqdir. Ushbu devonga shoirning 351 g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi va 3 masnaviysi kiritilgan [Ўзбек адабиёти тарихи, 19784; 370]. Biroq professor I.Abdullayev va dotsent Q.Ro‘zmatzoda nashrga tayyorlagan Huvaydo devonida yozilishicha, Salohiddin Soqib tomonidan tartiblangan va Muhammad Shohmurod Kotib ko‘chirgan hamda Toshkentda 1907-yilda chop etilgan devonda shoirning 374 g‘azali, 100 dan ortiq murabba’ va ruboiysi, 3 ta muxammasi, bir musaddasi, bir musammani hamda 2 mustazodi o‘rin egallagan [Хувайдо, 2007; 13]. Ma’lumotlarning bu singari xilma-xilligi yangi bir taxminning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi: Salohiddinning o‘zi ham devonning bir necha nusxasini yaratgan yoki Huvaydoning ayrim g‘azallari shoir hayotligidayoq o‘zgarishlarga uchragan bo‘lishi mumkin. Huvaydoning avlodlarga qoldirgan ulkan merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, yanada qadrlanib bormoqda. Devon mutolaasida Huvaydo g‘azal, mustazod, ruboiy, chiston kabi sheʼr turlari, masnaviy singari katta nazm namunalarining mumtoz ustasi sifatida aks etadi. Huvaydo g‘azaliyoti asosan oshiqona, orifona ruhdagi g‘azallardan iborat. Oshiqona g‘azallarda ishqi komil yo‘lida insoniy kamolot sari sabot bilan intiluvchi oshiq kechinmalari hamda qiyofasi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Orifona g‘azallarda esa, Huvaydo donishmand faylasuf siymosida gavdalanadi. Bunday g‘azallar insonni maʼnaviy kamol toptiruvchi so‘fiyona maʼrifat g‘oyalari bilan uyg‘unlashib ketgan. Dunyoqarashi, tafakkur tarzi, badiiy uslubi jihatlaridan Xo‘janazar Huvaydo Xo‘ja Ahmad Download 425.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling