Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari


Download 54.06 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi54.06 Kb.
#1358784
Bog'liq
amaliy3.3


Mavzu: H. Niyoziy dramaturg.
Reja:
1.Hamza ma'rifatparvar sh'oir.
2.Hamza- dramaturg."Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari" jadid dramasi sifatida.
3. Dramada davr fojiasining jadidona ifodalanishi.

Hamza Hakimzoda — o‘zbek shoiri, dramaturg, jamoat arbobi, O‘zbek SSR xalq shoiri (1926). U mumtoz she’riyat vaznini (Aruz) xalq she’riyati (Barmoq) vazni hisobiga to‘ldirgan. Hamza O‘zbekiston madaniyati tarixi rivojiga nafaqat shoir va dramaturg, balki teatr arbobi, bastakor va musiqachi sifatida ham sezilarli iz qoldirgan. Bugun O‘zbek davlat akademik va drama teatri uning sharafiga nomlangan. 1889 yil 22 fevral kuni (6 mart) tabib oilasida tug‘ilgan. Maktabda savod olgach, madrasa saboh oladi. Kambag‘allar uchun bepul maktab tashkil etadi va unda dars beradi. She’rlar yozishni 1899 yildan, o‘zbek ma’naviyatshunoslar Muqimiy va Furqatlar ijodidan ilhomlanib yoza boshlaydi. Hamzaning inqilob yillaridan oldingi asosiy asari o‘zbek va tojik tillarida yozilgan she’riy “Devon” (1905 - 1914) asari vafot etganidan so‘ng nasho etilgan.


“Devon”ning ayrim g‘azallarida an’anaviy ayriliq sevgi timsoli bilan bir qatorda, ijtimoiy tengsizlik farqi mavjud. Hamzaning birinchi nashrdan chiqqan asarlari ham ushbu mavzularga to‘yingan: “Ramazon” (1914), “Yangi baxt” dostoni (1915), “Zaharlangan hayot” (1916). 1916 - 19 yillar Hamza yettita she’riy to‘plamini nashr etadi, ularda shoirning inqilobiy-demokratik ma’naviyatshunoslik yo‘lidan inqilob jangchisi tomon o‘tgani seziladi. “Xushbo‘y atirgul” to‘plamidan joy olgan she’rlari o‘zbek tilidagi proletarl she’riyatning ilk namunalariga aylandi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng, 1917 yil Hamza Qo‘qon va Farg‘onada ishtirok etib, Turkiston frontida Qizil Armiyaga xizmat ko‘rsatuvchi sayyor teatr tashkillashtiradi, Turkfront Siyosat bo‘limida ishchi bo‘lib xizmat ko‘rsatadi, keyinroq tuman siyosat ma’naviyat bo‘limida ishlaydi. 1918 yil u o‘zbek sovet dramaturgiyasidagi ilk asar bo‘lgan “Boy ila xizmatchi” sahna asarini yaratadi. Hamzaning “Maysaraning ishi” (1926), “Paranjining sirlari” (1927) kabi asarlari ham juda mashhur bo‘lib, ularda o‘zbek ayolining inqilob yillaridan avvalgi achchiq hayoti haqida gapiriladi. Uning qalamiga bir necha o‘nlab qo‘shiqlar mansub. Hamzaning musiqiy merosining barchasi saqlanib qolmagan. Ayrim qo‘shiqlari “Farg‘ona, Buxoro va Xiva qo‘shiqlari” to‘plamidan joy olgan (1931); qo‘shiqlarining bir qismi taniqli o‘zbek qo‘shiqchilaridan yozib olingan. Hamza ko‘pqirrali ijtimoiy hayot olib borgan, ayollarning ozodligi uchun kurashgan, millatparast va jaholatchilikni fosh qilgan. Hamza g‘azabga to‘la aqidaparastlar olomoni tomonidan o‘ldirilgan. Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „Haqiqat kimda?“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning „Gul“ (1913–1916), „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ (1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „Yigʻla Turkiston“, „Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston“, „Koʻzni oching, qardoshlar“, „Darmon istariz“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan. Hamza 1914-1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Fargʻona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gʻafur Musaxonov rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u „Kim toʻgʻri?“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Boy ila xizmatchi“, „Ishchilar hayotidan“ (1918), „Loshmon fojiasi“ (1916-1918, 3 boʻlimli), „Fargʻona fojiasi“ (1918-1920, 4 boʻlimli), „Qizil qon ichida yosh goʻdaklar“, „Mahbus toʻraning holi“ (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimen-talizmdan keng foydalangan boʻlsa, „Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: „Maysaraning ishi“ komediyasi va „Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi“ dramasini yaratgan.
Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan. Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (ssenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975-1984) va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi metro stansiyasiga shoir nomi berilgan. Hamza ijodi bilan OʻzMU professori L. Qayumov koʻp yillardan beri shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar. Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.

Safari[tahrir]


Hamza Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj amallarini bajargan. 1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921-yil soʻnggida Toshkentga va undan Xorazmga oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’ʻbasida ishlaydi. Xorazmdan Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.
Vafoti[tahrir]
1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshboʻron qilinib, vahshiylarcha oʻldiriladi.
Download 54.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling