The theoretical and practical value of psychologica counseling for military
Academic Research in Educational Sciences
Download 57.94 Kb. Pdf ko'rish
|
6208e0ecc5e27737984808
- Bu sahifa navigatsiya:
- February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-135-140 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 137 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq harbiy jamoadagi shaxsiy tarkib orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo„ladi. U har bir shaxsiy tarkibning o„zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab tizimini ham ko„radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. To„g„ri tashkil etilgan maslahat tufayli psixolog va ofitser yoki serjant o„z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo„ladi. Maslahat quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Harbiy xizmatchi muammolari bo„yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda. 2. Psixolog shaxsiy tarkibning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o„rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko„rsatadi. 3. Harbiy xizmatchilarda malakalar va ko„nikmalarini egallashda uchraydigan nuqsonlar hulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi. 4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy, defektologik yoki psixologik tabiatini aniqlaydi. Asotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomaniya, alkogolizm, o„g„rilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarini tahlil qiladi. 5. Iqtidorli harbiy xizmatchilar, mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilib ilmiy- psixologik tavsiyalar ishlab chiqadi. 6. Harbiy xizmatchilarda uchraydigan psixo-emotsional zo„riqishlar (stress, depressiya, suitsid) ni o„rganadi, tahlil qiladi, profilaktika va korreksion tadbirlarni tashkil etadi. Harbiy psixolog xizmatchilar orasidagi iqtidorli mutaxassislarni tanlashda ishtirok etib ular uchun ham ilmiy ham psixologik tavsiyalar ishlab chiqadi Psixologik xizmatning ushbu yo„nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayonida faol ishtirok etishni taqazo qiladi. Harbiy sohadagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan mezonlarga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo„lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, harbiy xizmatchi shaxsining shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, ularning qobiliyati, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling