The time of scientific progress


INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE TIME OF SCIENTIFIC


Download 74.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi74.14 Kb.
#1501769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
50-58

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE TIME OF SCIENTIFIC 
PROGRESS " 

 
 
 

2023 Warsaw, (Poland) 
52 
Iqtisodchi olim I.S.Ochilov o`z tadqiqotlarida, asalarichilik agroklasterlarini 
tashkil etish va moliyaviy samaradorlikka erishishda quyidagi iqtisodiy tamoyillarga 
asoslanilishi lozimligini ta`kidlaydi: murakkablik; ilmiy asoslanganlik; rentabellik; 
tizimlilik; samaradorlik; sinergizm; dinamik muvozanatlilik; moslashuvchanlik va 
motivatsion [3]. 
Ilmiy asoslanganlik printsipi klasterlarni shakllantirish bo‘yicha boshqaruv 
faoliyati ilmiy maʼlumotlarga asoslanishi kerakligini belgilab bersa, tizimli 
yondashuv nuqtai nazaridan klaster - bu muayyan maqsadlarga erishish uchun 
oʼzaro bogʼliq elementlar (korxonalar, uskunalar, butlovchi qismlar yetkazib 
beruvchi, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish va xizmatlar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim 
tashkilotlari) yig‘indisidir. 
Fikrimizcha, Respublikada asalarichilik tarmog‘ini zamonaviy ilmiy 
yondashuvlar asosida rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, asal 
yetishtirish hajmlarini keskin oshirish maqsadida quyidagilar bajarilishi lozim:
• 
bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi 
mablagʻlari hisobidan mevali bogʻlarni asalari yordamida changlatish boʻyicha 
tuziladigan shartnomalarga asosan har bir asalari oilasi uchun changlatish 
mavsumida oyiga bazaviy hisoblashning 40%i miqdorida subsidiya berish; 
• 
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi aʼzolariga har yili asalari 
qishlovi davrida (oktyabr-aprel) ozuqa sotib olish uchun har bir asalari oilasiga 
bazaviy hisoblashning 30%i miqdorida davlat byudjetidan subsidiya ajratish; 
• 
uyushmaga aʼzolik badalini har bir asalari oilasi uchun yiliga bazaviy 
hisoblash miqdori 7%i etib belgilash; 
• 
moliya vazirligi asalarichilik xoʻjaliklarining qishlov davri xarajatlarini 
qoplash uchun har yili Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 
va “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar 
hisob-kitoblariga asosan davlat byudjetidan subsidiya ajratadi; 



Download 74.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling