Theme : organization structures. Ecologies. Matrix organization
MAVZU : FALSAFANING JAMIYATDAGI O`RNI
Download 32.33 Kb.
|
mustaqil ish
MAVZU : FALSAFANING JAMIYATDAGI O`RNI
REJA: 1.Falsafa madaniyat tizimida. 2.Falsafa va jamiyat. 3.Falsafaning jamiyat rivojlanishida tutgan o`rni. Falsafa va fan. Falsafa va aniq fanlar o`zining dastlabki qadamlaridanoq bir biriga chambarchas bog`liq bo`lib kelgan . Qadimgi jamiyatlarda diniy mifologik afsonaviy tasavvurlar , falsafaviy g`oyalar va imperik ilmiy bilimlar bir biridan ajratilmagan . Sinkret (qorishgan xolda) yagona , birini boshqasidan ajratib bo`lmaydigan xolda edi . Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`la boshlaydi . Fan o`zining yetuk shakliga sanoat revalutsiyasi davridan ega bo`la boshlaydi , bazi ilmiy fanlar esa XIX - XX asrlardagina shakllana boshlandi .Shu sababli ko`pgina zamonaviy ilmiy g`oyalar o`zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar tasirida ishlab chiqilgan .Bu masalan atom , quyosh tizimining kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to`g`risidagi g`oyalarga tegishli. Falsafa doirasida ilmiy bilishda qollaniladigan mantiqiy - metadologik vosita ishlab chiqildi .Arastu , Faroviy , Ibn Sino , Beko , Dekart ,Leybnits , Xegel kabilar mantiq qonunlari , induktiv , detuktiv , dealektik va boshqa metodlarni bevosita ishlab chiqqan faylasuflardir .Xususan , dialektik metod eng ilg`or zamonaviy ilmiy fanlardan biri sinergetikaning ko`pgina qoydalarida o`z aksini topdi . Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib qolmaydi . U dunyoqarash bo`lgani holda u yoki bu ilmiy g`oyaning shakllanishi (yoki to`xtatishi)ga ta`sir ko`rsatgan . Masalan yevropa o`rta asr davrida falsafa ilohiyatga bo`ysingani holda har qanday fikrga Arastu - Xristian nuqtai nazaridan qarab , ilmiy fikrning erkin rivojlanishini to`sib qo`ygan . O‘z navbatida falsafa ham aniq fanlarning kuchli ta'siriga uchragan va uchramoqda. Agar ilgari atrof muhit to‘g‘risidagi ko‘pgina g‘oyalar, odatda, mushohada-spekulyativ (quruq mulohazaga asoslangan) shaklda naturfalsafa asosida vujudga kelgan bo‘lsa, fanning rivojlanishi davomida empirik ma'lumotlar va tabiiy ilmiy nazariy xulosalarning to‘planishi tufayli fan mushohidaviy mulohazalar va quruq mulohazalardan qutulibgina qolmay, balki o‘zi ham falsafaga ta'sir o‘tkaza boshladi. Falsafa fan doirasida olingan dalillarni inobatga olmasligi mumkin emas. Bundan tashqari falsafaning o‘zi u yoki bu davrda tabiatshunoslikning u yoki bu ideallarini ko‘zda tutadi. Masalan, XVII-XVIII asrlarda mexanikaning yetakchi ilmiy fan sifatida shakllanishi mazkur davrda yevropa falsafasining mexanistik shakliga sabab bo‘ldi. Deyarli barcha, hattoki inson va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ham mexanika qonunlari asosida sharhlandi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi. Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ularni imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi. Download 32.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling