D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf qilgan vaqtda ayrim elementlarning nisbiy atom massalari noto‘g‘ri edi. Masalan, berilliyning atom massasi 3,5 va valentligi deb hisoblangan. Mendeleyev davriy qonunga asoslani


Download 34.83 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1190423
Bog'liq
17 Elementlarni davriy jadvalidagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonunning ahamiyati.


Sana: 29.10.2014
Sinf : 8 B

Mavzu: Elementlarni davriy jadvalidagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonunning ahamiyati.




Darsning maqsadi :


a)ta’limiy: O‘quvchilarga elementlarning xossalarini tavsiflashda davriy jadvaldan foydalana olish malakalarini shakllantirish. Davriy qonun va davriy jadvalni fan-texnika, qishloq xo‘jalik va chorvachilikni rivojlantirishdagi, yangi elementlarni kashf qilishdagi ahamiyatini tushuntirish.


b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilim berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash:

  1. 1-4 energetik qavatda nechta elektron bo’ladi?

1-energetik qavatda 2n2=2·12=2 ta elektron bor.
2-energetik qavatda 2n2=2·22=8 ta elektron bor.
3-energetik qavatda 2n2=2·32=18 tagacha elektron bor.
4-energetik qavatda 2n2=2·42=32 tagacha elektron bo‘ladi. Ammo
4-energetik qavat 4-davr elementlari uchun tashqi qavat bo‘lganligi sab-
abli 32 ta emas, 8 tagacha electron bo‘ladi.


III. YANGI MAVZU BAYONI
D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf qilgan vaqtda ayrim elementlarning nisbiy atom massalari noto‘g‘ri edi. Masalan, berilliyning atom massasi 13,5 va valentligi 3 deb hisoblangan. Mendeleyev davriy qonunga asoslanib, uning o‘rni bordan keyin emas, aksincha, bordan avval,
litiydan keyin ekanligini aniqladi. Keyinchalik D.I.Mendeleyevning bu fikrlari tasdiqlandi.
O‘sha davrda uranning ham atom massasi va valentligi noto‘g‘ri bo‘lib, D.I.Mendeleyev uranni atom massasi 220 emas, 240 atrofida ekanligini, oksidi esa U2O3 emas, UO3 ekanligini to‘g‘ri aytib bera oldi.
D.I.Mendeleyev davriy jadvaliga ayrim elementlarning atom massalari katta bo‘lsada, atom massasi kichik hisoblangan elementdan avval joylashtirdi. Masalan, tellurni (127,6) yoddan (126,9) oldin, kobaltni (58,94) nikeldan (58,71) oldin va argonni (39,948) kaliydan (39,102) ol-
din qo‘ydi.
Bu esa davriy qonunni to‘g‘ri ekanligini isbotlash bilan birga yuzaga kelgan muammolarni hal qilish imkonini berdi.
Davriy qonun kashf qilingan davrda inert gazlar noma’lum edi. Dav riy jadvalda davrlar aktiv metalmaslar, ya’ni galogenlar bilan to‘lar edi. Galogenlardan keyin ishqoriy metall yangi davrni boshlab berardi.
Qanday qilib? Ikki qarama-qarshi xossaga ega bo‘lgan elementlar orasida nima bor? Bu savollarga D.I.Mendeleyev, albatta, galogendan keyin ishqoriy metall boshlanishi uchun yana birorta guruh bo‘lishi kerak deb o‘ylardi. D.I.Mendeleyev bashorat qilgan bu guruh inert gazlar
keyinchalik kashf etila boshlandi: 1868 yilda N.Loker va J.Janser tomonidan geliy, 1894 yilda V.Ramzey va V.Reley tomonidan argon, 1898 yillarda V.Ramzey va M.Traverslar tomonidan neon, kripton va ksenon, 1899 yilda E.Rezerford va R.Ouenslar tomonidan radon kashf etildi.
Shu bilan inert gazlar galogenlardan keyin VIII guruhni ishg‘ol etdi.
Shunday qilib davriy qonun va davriy jadval asosida:
1) elementlarning noto‘g‘ri aniqlangan atom massalari
to‘g‘rilandi;
2) atom tuzilish nazariyasi rivojlana boshlandi;
3) elementlarning atom massalari va xossalari orasidagi bog‘liqlik
tushuntirildi;
4) Radioaktiv elementlarning yemirilishi, sun’iy radioaktivlik,
izotopl ar, yadro reaksiyalari, yangi (sun’iy) elementlar kashf
qilinishi ilmiy asosda izohlab berildi.
Davriy qonunning eng muhim ahamiyati yangi elementlarni kashf
qilishga qo‘shgan xissasi bo‘ldi.
Ekaalyuminiy (galliy), ekasilisiy (germaniy), ekabor (skandiy),
reniy, radiy, poloniy, fransiy elementlarini D.I.Mendeleyev oldindan
bashorat qilib, atom massalarini hisoblab davriy jadvalda bo‘sh o‘rinlar
qoldirgan edi.



V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 2-3 topshoriqlar.
Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling