SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH KAFEDRASI
Dots. F.Bazarov
TOSHKENT-2023
2-MAVZU: FOYDA SOLIG’I Reja: - Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va shakllanish bosqishlari.
- Foyda solig’ining to’lovchilari, soliq ob’ekti va soliq bazasi.
- Foyda solig’ining stavkalari, soliqni hisoblash va to’lash muddatlari.
- Foyda solig’i bo’yicha beriladigan imtiyozlar.
Respublikamizda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini uch bosqichga bo’lish mumkin: Respublikamizda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini uch bosqichga bo’lish mumkin: - 1991-1995 yillarda ishlab chiqarishning pasayishi sharoitida soliqning fiskal funksiyasiga, yani byudjet mablag’lari bilan ta’minlashga, davlat byudjeti muvozanatini saqlashga qaratildi.
- 1996-2003 yillarda foyda solig’i fiskal ahamiyat kasb etishi bilan birga korhonalar moliyaviy bazasini mustahkamlash, investisiya faoliyatini kengaytirishga xizmat qildi.
- 2003 yildan e’tiboran respublikamizda soliqlar borasida erishilgan tajribalardan kelib chiqib soliqning ishlab chiqarishga qay tarzda ta’sirini o’rganib yanada takomillashtirib borilmoqda.
Shu davrlar mobaynida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining stavkalarini o’zgarishi: 1995 yilda – 38% 1996 yilda – 37% 1998 yilda – 35% 2000 yilda – 31% 2001 yilda – 26% 2002 yilda – 24% 2003 yilda – 20% 2004 yilda – 18% 2005 yilda – 15% 2006 yilda – 12% 2007 yilda – 10% 2010 yilda – 9% 2014 yilda – 8% 2015-2017 yillarda – 7,5% 2018 yilda – 14% 2019 yilda – 12% 2023 yilda -15 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining byudjet daromadlaridagi salmog‘i kamayish tendentsiyasiga ega. Ya‘ni, uning salmog‘i yillar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, 2008 yilda jami daromadlarga nisbatan salmog‘i 5.1 foizni, 2009 yilda mos ravishda 5.2 foizni, 2010 yilda 4.9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda 5.1 foizni, 2012 yilda 4,4 foizni,2014 yilda 4,3 foizni, 2015 yilda 3,6 foizni, 2016 yilda 3,1 foizni. 2017 yilda 2,9 foizni, 2018 yilda esa 4,0 foizni tashkil etgan. 2022 yilda esa 15,6 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |