Thesis · December 2022 doi: 10. 13140/RG
particles, oil raw materials, the result of synthesis
Download 446.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Dvigatelningishlashjarayonidamoylarningboshlang
particles, oil raw materials, the result of synthesis. Transport vositasining ekspluatasiya muddati oshgan sari detallarning yeyilishi va nosozliklar natijasida uning texnik holati asta-sekin yomonlashib boradi: dvigatel quvvati va harakat texnik tezligi pasayadi, yonilg„i sarfi va yeyilish jadalligi o„sadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat ko„rsatish va ta‟mirlash hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi. Transport vositasining texnik holatiga ko„pgina ekspluatatsion omillar ta‟sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar: - ekspluatatsion materiallar sifati (benzin, dizel yonilg„isi, gaz yonilg„isi, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar, antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar); - yo„l sharoitlari; - iqlim sharoitlari; - transport vositasidan texnik foydalanish (quvvatdan foydalanish tartibotlari, avtomobilni haydash sifati); - texnik xizmat ko„rsatishning sifati; - transport vositasini saqlash sifati va b. [1] Har qanday mexanizm yoki ishqalanish jufti ishlaganida, moylarining xossalari o„zgaradi: ular mexanik aralashmalar, suv bilan ifloslanadi, ularda erigan va erimagan oksidlanish mahsulotlari to„planadi. Bu holda ish jarayonida moy «eskirdi» deyiladi. Ozgina vaqt ishlaganida dvigatel karteridan olingan moy tashqi ko„rinishi va xossalari jihatidan yangi moydan ancha farq qiladi. Moyning sifati oksidlanish jarayoni va undagi uglevodorodlarning issiqlik ta‟sirida parchalanishi hisobiga anchagina o„zgaradi. Ba‟zi oksidlanish mahsulotlari (smolalar, organik kislotalar) moyda erigan holda bo„ladi. Ular moyning qovushoqligini va kislota sonini oshiradi. Asfalt birikmalari ko„rinishidagi boshqa oksidlanish mahsulotlari loklar, yopishqoq cho„kindilar hosil qiladi. Bu lok va cho„kindilar porshen halqalariga yopishib, ularni kuydiradi va katta zarar yetkazadi. Oksidlanish mahsulotlarining anchagina qismi erimagan barqaror juda mayda mexanik aralashma ko„rinishida bo„lib, qurum hosil bo„lishida qatnashadi. Filtrlash yo„li bilan moyni ulardan batamom tozalab bo„lmaydi, shuning uchun dvigatel ishlaganida uglerod zarralarining miqdori ortadi. Motor moylari ifloslangan yonilg„idan foydalanilganida, shuningdek, yonilg„i yonishi uchun havo so„rilganida u bilan birga kiradigan changlar hisobiga ham ifloslanadi. Ishqalanish natijasida sirtlardan qirilib tushadigan metallar hisobiga mexanik aralashmalar miqdori ko„payadi. Metalldan ham qattiq bu abraziv mexanik aralashmalar detallarning yeyilishini tezlashtiradi. Ularning asosiy qismi dvigatelning moy tozalash qurilmalarida ushlanib qoladi, lekin juda maydalari moylash tizimida uzoq vaqt aylanib yurishi natijasida detallar jadal yeyiladi. Moyning haddan tashqari ifloslanishiga yo„l qo„ymaslik uchun dvigateldagi moy tozalash qurilmalari holatini sinchiklab tekshirib turish, mayin tozalash filtrlarini o„z vaqtida almashtirib turish zarur. Ishlayotgan moylarda hamisha suv to„planadi. U ko„pincha yonish kamerasidan kiradigan gazlar bilan birga tushadi. Bundan tashqari, suv dvigatel karteriga ba‟zan suv bilan sovitish tizimidagi nozichliklar orqali, harorat pasayganida havo bug„lari kondensatsiyalanishi hisobiga ham tushishi mumkin. Suv moyning korroziyalash xususiyatini oshiradi. Shu sababli suv to„planmasligi uchun karter ventilatsiyasi tizimining benuqsonligini kuzatib turish zarur. Ishlatilgan moylarda sulfat va sulfit kislotalari ham uchrashi mumkin. Ular yonilg„idagi oltingugurt yonganida hosil bo„ladi. Bu kislotalar korrozion yeyilishni tezlashtiradi. Aytib o„tilgan o„zgarishlar har qanday dvigatellarda ishlatiladigan moylar uchun xosdir. Lekin ulardan har birining o„ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, benzinli dvigatellarda moyning xossalari ifloslanish va oksidlanish hisobiga yomonlashishidan tashqari, ularda og„ir benzin qoldiqlari to„planishi tufayli ham yomonlashishi mumkin. Buning natijasida moyning qovushoqligi pasayadi, moylash xususiyati yomonlashadi va suyuqlikli ishqalanish buziladi. Yonilg„ining chala yonish mahsulotlari (qurum zarralari), shuningdek, oltingugurt oksidlari bilan ifloslanish natijasida ham moyning sifati ancha o„zgaradi. Mineral kislotalar to„planishi natijasida bu yerda moyning korroziyalash xususiyati ortadi. Dvigatelning texnik holati ham moy xossalarining o„zgarishiga ancha ta‟sir ko„rsatadi. Moy eskirishi va ifloslanishi natijasida uning tashqi ko„rinishi ham o„zgaradi – u qorayadi. Ishlatilgan moy tomchisini kattalashtirib qaraganda, erimagan turli o„lchamdagi ko„plab zarralar ko„rinadi. Dvigatelda ancha iflos moydan foydalanilganida unda tezda qurum va loklar hosil bo„ladi va ular dvigatelning ish jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Dvigatel ishlayotganida moyning kuyishi oqibatida moyga qo„shilgan qo„shilmalar kamayadi. Qo„shilmalarning kamayishi natijasida moyning ko„pgina ko„rsatkichlari o„zgaradi: ishqor soni kamayadi, yuvish xossalari yomonlashadi, korroziyalash xususiyati ortadi va hokazo. [2] Moyning tez eskirishi uning xomashyosi va olinish usuliga ham bog„liq. Olinish usuliga ko„ra moylar quyidagi turlarga bo„linadi: - mineral moylar – tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni aralashtirish yoki qayta ishlash yo„li bilan olinadigan moylar. Mineral moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig„i) neftni qayta ishlash yo„li bilan olinadi; - neft moylari – neft xomashyolaridan olingan tozalangan moy. Neft moylari olinish usuliga ko„ra distillatli, qoldiq va aralash bo„lishi mumkin; - sintetik moylar – sintezlash natijasida olingan moylardir. Ishlab chiqarish qimmatligi tufayli ular keng ko„lamda ishlatilmaydi, eng muhim ishqalanish uzellaridagina ishlatiladi; - o„simlik moylari – o„simliklar urug„ini qayta ishlash yo„li bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va boshqa o„simlik moylari ishlatiladi; - hayvonot moylari – hayvonot mahsulotlaridan olinadigan moylar. [3] Shunday qilib, ishlatilgan moyda katta o„zgarishlar bo„ladi: moydagi uglevodorodlarning o„zgarish mahsulotlari to„planadi, havo va yonilg„i bilan birga kiradigan begona moddalar hisobiga ifloslanadi, agressiv birikmalar miqdori ko„payadi. Agar dvigatel uchun moy noto„g„ri tanlangan bo„lsa va uning sifati tegishli standart talablariga javob bermasa, moyning sifati tezroq yomonlashadi. Dvigatellarda ishlatilgan moy sifatida katta o„zgarishlar bo„lishiga qaramasdan, uning asosiy uglevodorod tarkibi juda kam o„zgaradi. Moydan umumiy miqdorda 4–6 foiz dan oshmaydigan barcha mexanik aralashmalar va oksidlanish mahsulotlarini chiqarib tashlab, yana yaxshi sifatli baza moy olish mumkin. Yuqorida aytib o„tilganidek, motor moylari ish jarayonida mexanik aralashmalar, suv, organik birkmalar bilan ifloslanib, qovushoqlik, korroziyaga hamda oksidlanishga qarshi, yuvuvchanlik va boshqa ko„rsatkichlari yomonlashadi. Bunda moyning uglevodorod tarkibi ko„p o„zgarmaydi. Agar yuqorida keltirilgan ko„rsatkichlar qayta tiklansa, moyni dvigatelda qayta ishlatish mumkin. Bunda samaradorligi yuqori kimyoviy usullar qo„llanilishi hisobiga moy baza moy holatigacha tozalanadi va yangi moyga qancha miqdorda qo„shilma qo„shilsa, tozalangan moyga ham shuncha miqdorda qo„shiladi. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi, moy tarkibidagi mavjud aktiv qo„shimchalar ham chiqarib tashlanadi, vaholanki, ishlatilgan moyning tarkibida 50–60 foiz aktiv qo„shilmalar bo„lib, ular hali ishga yaroqli hisoblanadi. Download 446.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling