Tana haroratini ortish darajasi va uning egriligining asosiy turlari. Tana harorati ortishining quyidagi darajalari farqlanadi Doimiy isitmalash (febris continua) - bir kecha-kunduz mobaynida ertalabki va kechki harorat o‘rtasidagi farq 1° С dan oshmaydi. Bu ko'proq o‘pkaning krupoz yallig'lanishi va qorin tifining II bosqichiga xos. - Doimiy isitmalash (febris continua) - bir kecha-kunduz mobaynida ertalabki va kechki harorat o‘rtasidagi farq 1° С dan oshmaydi. Bu ko'proq o‘pkaning krupoz yallig'lanishi va qorin tifining II bosqichiga xos.
- Holsizlantiruvchi isitmalash (febris remittens) - . haroratning bir kecha-kunduz mobaynidagi o‘zgarishlari 1° С dan yuqori. Bunda ertalabki harorat 37° С dan ortiq hamda ko‘proq sil, yiringli kasalliklar va o‘choqli zotiljamda, shuningdek, qorin tifining П1 bosqichida kuzatiladi.
- Takrorlanib turuvchi isitmalash (febris intermittens) — haroratning bir kecha-kunduz mobaynidagi o'zgarishlari 1° С dan ortiq va bunda eng past ko‘rsatkich me’yor chegarasida bo‘ladi hamda aksariyat hollarda bezgakda qayd etiladi.
- Gektik isitmalash (febris hectica) - tana haroratining sezilarli ortishi (2-4° C) va uning me’yor va undan ham past ko‘rsatkichgacha tushib ketishi navbatma-navbat kuzatilib, ko‘p 77 miqdorda ter ajralishi bilan kechadi hamda o‘pka silining og‘ir shakli, yiringli jarayonlar va sepsis uchun xos.
Teskari isitmalash (febris inversus) - ertalabki harorat kechki haroratga nisbatan yuqori va ba’zan sepsis, sil hamda brutsellyozda kuzatiladi. - Teskari isitmalash (febris inversus) - ertalabki harorat kechki haroratga nisbatan yuqori va ba’zan sepsis, sil hamda brutsellyozda kuzatiladi.
- Noto'g'ri isitmalash (febris irregularis) - haroratni bir kecha-kunduz mobaynida turlicha hamda noto‘g‘ri o'zgarishlari bilan xarakterlanadi va ko‘p hollarda revmatizm, endokardit, sepsis, sil kasalliklarida qayd etiladi. Yuqoridagilardan tashqari harorat egriligi bo‘yicha isitmalashning ikki - qaytalama va to‘lqinsimon shakllari farqlanadi (2 7-rasm).
- Qaytalama isitmalash (febris recurrens) - harorat ko‘tarilishi davrlarining haroratsiz davrlar bilan navbatma-navbat almashinishi kuzatiladi va qaytalama tifga xos belgi hisoblanadi.
- To ‘Iqinsimon isitmalash (febris undulans) — haroratning vaqti-vaqti bilan ko‘tarilishi, uning me’yorga kelish davrlari bilan davom etadi va ko‘p hollarda brutsellyoz va limfagranulematozda qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |