ANTROPOMETRIYA - Antropometriya (yunon tilidan anthropos — odam va metron — о ‘Ichoy) — insonning morfologik va funksional belgilarini o‘lchashga asoslangan tekshirish usuli. Ular ko‘p sonU bo‘lsa ham amaliyotda aksariyat hollarda inson bo‘yi va vaznini o‘lchash (klinik antropometriya) yetarli hisoblanadi. Bo‘y va gavda uzunligini aniqlash bemoming umumiy jismoniy rivojlanishi va tanasining alohida qismlari mutanosibligini baholashda katta ahamiyatga ega. So‘nggisi ba’zi tug‘ma (xondrodistrofiya) va bolalik davrida orttirilgan (endokrin kasalliklar) kasalliklarda o‘zgarishga uchrashi mumkin. Bo‘y va gavda uzunligini o‘lchashdan tashqari ko‘p hollarda ko‘krak qafasi, qorin, bo‘yin, bosh aylanasi, oyoqlar, tos, shuningdek alohida a’zolaming (perkussiya yordamida) o‘lchamlari aniqlanadi. Ulaming asosiylarini aniqlash usullari va amaliy ahamiyati kitobning tegishli qismlarida keltirilgan. Tana vazni maxsus tibbiy tarozi yordamida, nahorda och qoringa, bemor ichi kelgandan so‘ng va siydik pufagi bo‘shatilgach o‘lchanadi. Bunda bemor yalang‘och, hech bo'lmaganda yengil kiyimda bo'lishi maqsadga muvofiq. Davo jarayonida tana vazni o‘zgarishlarini aniqlash maqsadida (masalan, semizlikda, oriqlash, shishlami kamayishini nazorat qilish va boshqalar) qayta o‘lchashlar amalga oshiriladi.
Inson bo‘yi, vazni va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida ma’lum nisbat mavjud ekanligi aniqlangan bo‘lib, ular bemor tana tuzilishi mutanosibligini baholash imkonini beradi. Quyidagi ko‘rsatkichlar yoki indekslar ma’lum amaliy ahamiyatga ega: - Inson bo‘yi, vazni va ko‘krak qafasi aylanasi o‘rtasida ma’lum nisbat mavjud ekanligi aniqlangan bo‘lib, ular bemor tana tuzilishi mutanosibligini baholash imkonini beradi. Quyidagi ko‘rsatkichlar yoki indekslar ma’lum amaliy ahamiyatga ega:
- 1. Tana vazni indeksi 1 8 -6 5 yoshdagi shaxslar uchun tana vazni indeksi (TVI) ko‘rsatkichi mavjud bo‘lib, bu ko'rsatkich tana vaznini kilogrammdagi ko‘rsatkichini bo‘y o‘lchamining kvadrat metriga taqsimlash orqali aniqlanadi:
- TVI = V (tana vazni, kg)L2 (bo ‘y m2)
- Masalan, TVI« 75 kg/(l,7m)2 = 75/2,89 = 25,9
- Demak, mazkur holatda TVI 25,9 ga teng. TVI ko‘rsatkichi yordamida vazn tanqisligi yoki ortiqchaligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari tavsiyasiga ko‘ra (1997) yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanish xavfidan kelib chiqib TVI ni quyida keltirilgan tasnifi tavsiya etilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |