Tibbiyot geografiyasi referat


MAVZU:EKALOGIYA VA INSON SALOMATLIGI


Download 56.71 Kb.
bet20/21
Sana31.03.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1313904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

MAVZU:EKALOGIYA VA INSON SALOMATLIGI
Fan - texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof -muhitga bo’lgan munosabati ham o’zgarib, u tabiiy boyliklarni bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko’proq miqdorda olishga harakat qiladi. Bu jarayon kuchaygan sari ming-ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashdi va tabiat falokat yokasiga kelib qoldi. Albatta, tabiiy boyliklardan foydalanish kerak, lekin ulardan ehtiyojga yarasha, me’yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatni izchillik bilan boyitib ayniqsa, o’simliklar va hayvonot dunyosini uning komponentlari (tashkil etuvchilari) o’rtasidagi o’zaro tabiiy munosabatni barqaror saqlab turish zarur.
Inson ekologiyasi deganimizda tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri tufayli kishi jismida yuz beradigan o’zgarishlarni anglaymiz. Inson ekologiyasi juda serqirrali fan bo’lib, tashqi muhitning barcha omillari, havo harorati, yorug’lik, namlik, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik holati shuningdek, xar-xil tabiiy ofatlar, zilzila, dovul, qurg’oqchilik, suv toshqini, yong’inlar hamda tirik organizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri tushuniladi. Bu barcha omillarning ta’siri kishini hoxishga bog’liq emas. Bulardan tashqari kishilar o’zlari qurgan korxonalar, irrigatsiya inshootlari, transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar, qishloq xo’jaligida keng qo’llanilgan kimyoviy moddalar ham havoni, suvni, yerni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib inson sog’ligiga katta zarar keltiradi.
Inson ekologiyasi yoki antropoekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bo’lagi, uning ijtimoii-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o’zida demografiya, tibbiyot, morfologiya, antropologiya, genetikaning tegishli qarashlarini umumiylashtiradi. Bu fanlar tadqiqot ob’ekti bir ekanligi negizida bir bo’lakda uyg’unlashadi. O’sha ob’ekt inson bo’lib, u ikki dunyo tabiiy va ijtimoii dunyoga tegishli nodir jonzotdir. Bunda shu narsani ta’kidlash lozimki, «inson - tabiiy muhit» muammosi munosabati bilan insonni o’rganishda e’tibor beriladigan asosiy ob’ekt umuman inson va hatto uning ekologiyasi emas, balki inson ekologiyasining tabiat bilan aloqasi orkali namoyon bo’ladigan qismidir.
Inson ekologiyasi - bu majmuiy fanlararo ilmiy yunalishdir. U odamlar populyatsiyalarining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini, bu o’zaro aloqa ta’sirida aholining o’sishini, maqsadga yo’naltirilgan boshqaruv muammolarini, aholi salaomatligini saqlash va rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Inson ekologiyasida, uning asosiy yunalishlarida ijtimoiy - maksadli negiz ustun turishi aniq, zero insonning tabiat bilan jamiyat orqali bevosita o’zaro ta’sirini o’rganish bu fan predmetining ob’ektiv mazmunini tashkil etadi.
Shu nuqtai nazardan inson ekologiyasi-bu ijtimoiy ekologiyaning inson va odamlar populyatsiyasi bilan uni o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit o’zaro ta’sir qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limii yoki antropodemoekotizim ichidagi ijtimoiy - biologik munosabatlar haqidagi ilmiy yo’nalishdir.
Insonning morfofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda noosferaviy o’zgarishlar jarayonida YEr regionlarini, biosfera rayonlarini ishlab chiqarish - xo’jalik, iqtisodiy maqsadli o’zlashtirish qonuniyatlarini ochib berish bunday o’zlashtirishning borishida odamlar salomatligini saqlash va rivojlantirishning tabiiy qonunlarini o’rganish inson ekologiyasining muhim vazifasidir

Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling