Tibbiyot geografiyasi referat


Mavzu: Ijtimoiy infrastruktura: zamonaviy xolati va rivojlanishi muammololari


Download 56.71 Kb.
bet5/21
Sana31.03.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1313904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

Mavzu: Ijtimoiy infrastruktura: zamonaviy xolati va rivojlanishi muammololari

Inson kasalliklari va uning turlicha nozokomplekslari va nozoareal-larining vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar kiradi:


Tabiiy-geografik omillar (iqlim, yer yuzasi tuzilishi, suv manbalari va tuproq, hayvoiot va o’simliklar, regionning ekologik ahvoli) inson kasalliklarini vujudga kelishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, ular kasalliklarni hududiy tarqalishini belgilab, nozoareallarning vujudga kelishida katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (sog’liqni saqlash tizimining holati, aholining joylashuvi, zichligi, jins-yosh va ijtimoiy tarkibi, ma’lutmotlilik darajasi, ko’chib yurishi, yashash va mehnat sharoitlari, shahar va qishloqlar to’ri va tizimi, transportning rivojlanganlik darajasi, urbanizatsiya jarayonlari, hududning xo’jalik ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi va rivojlanish darajasi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasining holati va boshqalar)ning inson kasalliklarini kelib chiqishi va nozoareallarini vujudga kelishidagi ta’siri kuchayib bormoqda.
Nozoareallar miqyosida aholinnig kasallanishi darajasi va kasalliklarning tarqalishida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini aniqlash zamonaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biridir.
Joylarning relyef xususiyatlari ham inson salomatligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Baland tog’ mitnaqalarida o’z nomi ―tog’ kasalligi‖ deb ataluvchi kasallik keng tarqalgan. Tog’ kasalligi to’g’risidagi ma’lumotlar ispan sayyohi Akosta tomonidan yozib qoldirilgan. Uning yozishicha, 1590-yil And tog’lari bo’ylab sayohat chog’ida 4500 metr dengiz sathidan balandlikda hamrohlari orasida qandaydir kasallik yuzaga kelganligi, ularning yurak urishlari o’zgarib, bosh aylanish, nafas siqishi, burunlarining qonashi, quloqlarining shang’ilashi kabi holatlar kuzatiladi.
Mavzu: Tibbiyot geografiyasining ob’ekti va pritmeti
Bu tog’ kasalligi bo’lib, 1887-yil fransuz olimi Bert tomonidan aniqlangan va bu kasallikning bosh sababchi kislorod yetishmasligi deb izohlangan. Keyingi yillarda tog’larda yashovchi kishilarning yurak faoliyatini o’rganish natijasida ushbu hududda yashovchilar yuragi boshqa hududdagilarga nisbatan ancha farq qilishi, ya’ni ularning yurak o’ng qorinchalarining qalinligi aniqlangan. Tog’li o’lkalarda yashovchi kishilar orasida yana quyosh urishi, oftalmiya, endemik buqoq kabi kasalliklar ko’proq uchraydi.
Dengiz va boshqa suv havzalarida faoliyat ko’rsatuvchi kishilar orasida ko’pincha ―dengiz kasalligi‖ uchraydi. Ushbu kasallik kemaning chayqalishi natijasida yuzaga keladi. Dengiz kasalligining kelib chiqishi va rivojlanishida asab tizimining holati muhim rol o’ynaydi.
O’rmon, tayga hududlarida ham o’z nomi bilan ―o’rmon kasalligi‖ deb nomlanuvchi kasallik uchraydi. Bu kasallikda kishi jismida har xil ruhiy holatlar, karaxtlik, tinimsiz uyqu, chivinlar va kanalar chaqishi bilan bog’liq kasalliklar ko’p uchraydi.
Cho’l va unga yaqin hududlarda havo harorati va bug’lanish yuqoriligi, nisbiy namlik esa past bo’ladi. Aslida inson organizmi uchun +18, +21 gradusli havo harorati, 40-60 foizli nisbiy namlik qulay hisoblanadi. Doimiy yuqori harorat va namlikning me’yorda bo’lmasligi kishi tanasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu hol, o’z navbatida, asab va gormonal tizimlar bilan bog’liq kasalliklarni, shuningdek, qontomir tizimidagi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday cho’l sharoitida ko’proq holsizlanish, darmonsizlanish va o’ta tashnalik bilan ajralib turuvchi ―cho’l kasalligi‖ ko’p uchraydi. Cho’l kasalligiga chalinish natijasida ruhiy xastaliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, tropik mamlakatlar aholisi orasida astiniya kasalligi tarqalgan va uning vujudga kelishi mazkur mamlakatlarning tabiiy sharoiti bilan bevosita bog’liq.


Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling