Tibbiyot geografiyasi referat


Mavzu : Tibbiyot geografiyasining shakllanish bosqichlari


Download 56.71 Kb.
bet4/21
Sana31.03.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1313904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

Mavzu : Tibbiyot geografiyasining shakllanish bosqichlari
Olimning ta’kidlashicha, inson umumiy tabiat olamining bir qismi bo’lib, uning tashqi tuzilishi va ichki ruhiyatini shu tabiat shakllantiradi. Bu haqda Gippokrat shunday deb yozgan edi. ―Odam jismining tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o’z qonun-qoidalari bilan odam tabiatini o’zgartirishi mumkin‖.
Shunga o’xshash fikrlar vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ham ilgari surilgan. Uning yozishicha ―Odamlar tuzulishlarining rangi, surati, tabiat va ahloqi turlicha bo’lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, kishilar yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir‖.
Inson salomatligi va ular orasida uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga ega. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz olimi Sharl Monteskye o’zining
―Qonunlar ruhi to’g’risida‖ nomli asarida ―Iqlimning hukumronligi barcha kuchlardan ustunroqdir‖, degan shiorni olg’a surgan edi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq tibbiyot meteorologiyasi sohasida rus iqlimshunoslari A.I.Voyeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu xususda tibbiyot geografiyasida iqlim bilan bog’liq masalalarni o’rganishda rus olimi A.S.Berg tomonidan ishlab chiqilgan, iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 ta tabaqaga ajratgan. U iqlim va ob-havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini o’rganishga ham e’tibor bergan. Ob-havoning iqlimga nisbatan inson jismiga ta’sirini sezilarli, ya’ni ob-havoning tez-tez o’zgarib turishi bilan inson jismida ma’lum ma’noda o’zgarishlar sodir bo’lib turadi, ayniqsa, buni ba’zi a’zolarimiz juda tez sezadi. Shuningdek, ob-havodagi ayrim jiddiy o’zgarishlarni ba’zi kasalliklarga (bod, radikulit, revmatizm, qon bosimi xastaliklari)ga chalingan kishilar ancha oldinroq payqaydilar.
Inson kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokomplekslar va nozoareallarning vujudga kelishida kasalliklarning rivojlanishi bilan atrof-muhit omillari orasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunda atrof-muhitning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarini yetakchi rolini alohida ta’kidlash lozim.

Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling