Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


-ish. LAKTATDEGIDROGEENAZA IZOSHAKLLARINI AGAR GELDA


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

131-ish. LAKTATDEGIDROGEENAZA IZOSHAKLLARINI AGAR GELDA
O‘TKAZILGAN ELEKTROFOREZ BILAN AJRATISH
Usulning asosi:
qon zardobi fermentlarining izoshakllarga ajratish
plastinkalardagi 1% li agar eritmasi va pH i 8,6 ion kuchlanich 0,06 bo‘lgan barbital
buferda o‘tkaziladi. Elektroforez suv bug‘lanmasligi uchun olidndan sovutilgan
buffer eritmada va past haroratda amalga oshiriladi. Eletroforez kamerasi mustahkam
berkitilgan o‘lishi, suv tomchilari agar geliga tushmasligi kerak.
Tekshiriluvchi material: qon zardobi.
Reaktivlar: agarning 1% li eritmasi, barbital buferi, qora amidatsetat 10 – B, qora amid 10-B, B 0,5
g, simob atsetati 5,8 g, konsentrlangan sirka kislota 5 ml, distillangan suv 100 ml (qora idishda saqlanadi),
sirka kislotaning 5 va 7% li eritmasi.
Kerakli anjomlar: elektroforetik kamera stabilizatori (to‘g‘rilgichi) bilan agar plastinkasida
tekshikchalar hosil qilish uchun shtamp, uchi qayrilgan nayli va mundshtukli Paster tomizg‘ichi.
Bajariladigan ish tartibi: 1. Elektroforez.
Qon zardobi tomizish uchun agar plastinkasining o‘rtasida ko‘ndalang
teshikcha hosil qilinadi. Buyum oynasida tayyorlangan agar plastinkalar 0,5 n. pH i 6
bo‘lgan barbital buferi bilan to‘ldirilgan elektroforetik kameraga joylashtiriladi. Ikki
tomonidagi buffer eritma filtr qg‘ozidan tayyorlangan ko‘prikcha bilan bog‘lanadi.
Agar plastinka o‘ymachalariga (0,01ml) qon zardobining buffer eritmasi bilan 2-4
marta suyultirilgan eritma tomiziladi. Elektroforegrammaga 100-300 mkg oqsil
tomiziladi). Gelga oqsil tomizilgach elektroforez kuchlanishi 200-300V bo‘lgan
tokka ulaniladi (1 sm va 7 –19 V kuchlanish beriladi). Elektroforez 2-3 yoki 4 soat
davomida o‘tkaziladi.
2. Elektroforez tokdan o‘chiriladi. Gelli agar plastinka tezda olinib, u 5–10
daqiqa 7% li sirka kislota eritmasida qoldiriladi. Bo‘lingan oqsil fraksiyalarning oq
dog‘lari paydo bo‘ladi.
3. Oqsillarni bo‘yash uchun plastinkalar 5% li sirka kislota eritmasida 30
daqiqa davomida qoldiriladi, so‘ng har qaysi plastinka filtr qog‘oz bilan berkitiladi (u
5% li sirka kislotada ho‘llangan bo‘lish kerak). Ushbu plastinkalar xona haroratida
yoki 37
0
C li termostatda bir kecha-kunduz, ya’ni qurigincha saqlanadi. So‘ngra filtr
qofg‘oz sekin suvga ho‘llab olinadi. Bo‘yashdan oldin agar maydoni batamom
quritilgan va tiniq bo‘lishi kerak. Quritilgan agar yopishqoq shisha plastinka bo‘yoq
beruvchi qora amid 10 - B eritmasiga solinadi. Oqsil bilan bog‘lanmagan bo‘yoq
elektroforegrammalarda 5% li sirka kislota eritmasi yordamida 30 daqiqa davomida
yuviladi. Sirka kislota eritmasi 5-6 marta, to tiniq rang hosil bo‘lguncha


177
aralashtiriladi. 
Yuvilgan 
elektroforegrammalar 
37
0

da 
quritiladi.
Elektroforegrammalar rasmga tushuriladi yoki surati olinadi.
Jigar va yurak mushaklarning laktatdegidrogenaza izofermentlari (LDG
1
-
LDG
5
)
23-rasmda
ko‘rsatilgan. Laktatdegidrogenaza izofermentlari 4 ta subbirlik
polipeptiddan tuzilgan (polipeptidning ikki turi H va M dan tashkil topgan). Yurak
mushaklari 4 “H” subbirlikdan tizilgan LDG
1
izoshakl faoligini namayon qiladi.
Skelet mushaklari esa 4 “M” subbirlikdan tuzilgan LDG
5
ko‘proq faollika ega.
Izofermentlarning kombinasiyalangan shaklari ham mavjud LDG
2
(H
3
M), LDG
3
(H
2
M
2
), LDG
4
(HM
3
). Miokard infarkida LDG
1
va LDG
5
izoshakllarning faolligi
ortadi. LDG
2
izofermentining faolligi aksincha kamayadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling