Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
-ish. LAKTATDEGIDROGEENAZA IZOSHAKLLARINI AGAR GELDA
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiriluvchi material
- Kerakli anjomlar
131-ish. LAKTATDEGIDROGEENAZA IZOSHAKLLARINI AGAR GELDA
O‘TKAZILGAN ELEKTROFOREZ BILAN AJRATISH Usulning asosi: qon zardobi fermentlarining izoshakllarga ajratish plastinkalardagi 1% li agar eritmasi va pH i 8,6 ion kuchlanich 0,06 bo‘lgan barbital buferda o‘tkaziladi. Elektroforez suv bug‘lanmasligi uchun olidndan sovutilgan buffer eritmada va past haroratda amalga oshiriladi. Eletroforez kamerasi mustahkam berkitilgan o‘lishi, suv tomchilari agar geliga tushmasligi kerak. Tekshiriluvchi material: qon zardobi. Reaktivlar: agarning 1% li eritmasi, barbital buferi, qora amidatsetat 10 – B, qora amid 10-B, B 0,5 g, simob atsetati 5,8 g, konsentrlangan sirka kislota 5 ml, distillangan suv 100 ml (qora idishda saqlanadi), sirka kislotaning 5 va 7% li eritmasi. Kerakli anjomlar: elektroforetik kamera stabilizatori (to‘g‘rilgichi) bilan agar plastinkasida tekshikchalar hosil qilish uchun shtamp, uchi qayrilgan nayli va mundshtukli Paster tomizg‘ichi. Bajariladigan ish tartibi: 1. Elektroforez. Qon zardobi tomizish uchun agar plastinkasining o‘rtasida ko‘ndalang teshikcha hosil qilinadi. Buyum oynasida tayyorlangan agar plastinkalar 0,5 n. pH i 6 bo‘lgan barbital buferi bilan to‘ldirilgan elektroforetik kameraga joylashtiriladi. Ikki tomonidagi buffer eritma filtr qg‘ozidan tayyorlangan ko‘prikcha bilan bog‘lanadi. Agar plastinka o‘ymachalariga (0,01ml) qon zardobining buffer eritmasi bilan 2-4 marta suyultirilgan eritma tomiziladi. Elektroforegrammaga 100-300 mkg oqsil tomiziladi). Gelga oqsil tomizilgach elektroforez kuchlanishi 200-300V bo‘lgan tokka ulaniladi (1 sm va 7 –19 V kuchlanish beriladi). Elektroforez 2-3 yoki 4 soat davomida o‘tkaziladi. 2. Elektroforez tokdan o‘chiriladi. Gelli agar plastinka tezda olinib, u 5–10 daqiqa 7% li sirka kislota eritmasida qoldiriladi. Bo‘lingan oqsil fraksiyalarning oq dog‘lari paydo bo‘ladi. 3. Oqsillarni bo‘yash uchun plastinkalar 5% li sirka kislota eritmasida 30 daqiqa davomida qoldiriladi, so‘ng har qaysi plastinka filtr qog‘oz bilan berkitiladi (u 5% li sirka kislotada ho‘llangan bo‘lish kerak). Ushbu plastinkalar xona haroratida yoki 37 0 C li termostatda bir kecha-kunduz, ya’ni qurigincha saqlanadi. So‘ngra filtr qofg‘oz sekin suvga ho‘llab olinadi. Bo‘yashdan oldin agar maydoni batamom quritilgan va tiniq bo‘lishi kerak. Quritilgan agar yopishqoq shisha plastinka bo‘yoq beruvchi qora amid 10 - B eritmasiga solinadi. Oqsil bilan bog‘lanmagan bo‘yoq elektroforegrammalarda 5% li sirka kislota eritmasi yordamida 30 daqiqa davomida yuviladi. Sirka kislota eritmasi 5-6 marta, to tiniq rang hosil bo‘lguncha 177 aralashtiriladi. Yuvilgan elektroforegrammalar 37 0 C da quritiladi. Elektroforegrammalar rasmga tushuriladi yoki surati olinadi. Jigar va yurak mushaklarning laktatdegidrogenaza izofermentlari (LDG 1 - LDG 5 ) 23-rasmda ko‘rsatilgan. Laktatdegidrogenaza izofermentlari 4 ta subbirlik polipeptiddan tuzilgan (polipeptidning ikki turi H va M dan tashkil topgan). Yurak mushaklari 4 “H” subbirlikdan tizilgan LDG 1 izoshakl faoligini namayon qiladi. Skelet mushaklari esa 4 “M” subbirlikdan tuzilgan LDG 5 ko‘proq faollika ega. Izofermentlarning kombinasiyalangan shaklari ham mavjud LDG 2 (H 3 M), LDG 3 (H 2 M 2 ), LDG 4 (HM 3 ). Miokard infarkida LDG 1 va LDG 5 izoshakllarning faolligi ortadi. LDG 2 izofermentining faolligi aksincha kamayadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling