Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
-ish. QON ZARDOBIDAGI SIYDIKCHILNI KOLORIMETRIK USUL
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiriluvchi material
- Kerakli anjomlar
129-ish. QON ZARDOBIDAGI SIYDIKCHILNI KOLORIMETRIK USUL
BILAN ANIQLASH Sog‘lom odam qon zardobida 3,33-8,32 mmol/l (20-50 mg%) siydikchil bo‘ladi. U oqsilsiz azot qoldig‘ining 50% ini tashkil qiladi. Usulning asosi: siydikchil kuchli kislotali muhitda diatsetilmonooksim bilan tiosemikarbozid va temir tuzlari ishtirokida qizdirilgan pushti-qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Rangning och-to‘qligi qon zardobidagi siydikchil miqdoriga to‘g‘ri keladi. Tekshiriluvchi material: qon zardobi. Kerakli reaktivlar: uchxlorsirka kislotaning 10% li eritmasi, siydikchilning doimiy standart eritmasi, 100 mg/100 ml da (eritma suvda yoki 0,2 % li benzoy kislota eritmasida tayyorlanadi), temir (III) xloridning 5% li eritmasi asosiy eritma: 5 g temir (III) xloridga hajm 100 ml ga yetguncha suv qo‘shib eritiladi, shundan keyin 1 ml konsentrlangan sulfat kislota bilan kislotali muhitga o‘takaziladi, ishchi eritma asosiy eritmadan tayyorlanadi, 1 ml asosiy eritma hajmi distillangan suv qo‘shib 100 ml ga yetkaziladi, 8 ml konsentrlangan sulfat kislota va 1 ml 85% i ortofosfat kislota solinadi. Eritma qora idishda saqlaniladi. Diatsetilmonoosimning 2,5% li suvli eitmasi, tiosemikarbomidning 0,25 li eritmasi (yoki 0,32 li tiosemikarbozidning suvli eritmasi qora idishda saqlaniladi), xloridning 30 ml ishchi reaktiviga 20 ml distillangan suv, 1 ml 2,5 % li diatsetilmonooksim eritmasidan va 0,25 ml 0,25% li tiosemikarbozid eritmasidan solinadi). Kerakli anjomlar: sentrifuga probirkalari. Bajariladigan ish tartibi: 1. Oqsillarni cho‘ktirish. Sentrifuga probirkasiga 0,8 ml suv, 0,2 ml qon zardobi va 1 ml 10% li uchxloorsirka kislota solib aralashtiriladi. Ikkinchi probirkaga qon zardobi o‘rniga siydikchilikning doimiy standart eritmasi soinadi. 15 daqiqa o‘tgach qon zardobi solingan probirka 10 daqiqa davomida sentrifugalanadi yoki filtrlanadi (daqiqasiga 1500 marta aylanadigan sentrifuga). Shundan so‘ng birinchi probirkaga 0,5 ml cho‘kindi ustidagi eritmadan, ikkinchisiga esa 0,5 ml siydikchilikning doimiy standart eritmasidan solinadi. Har qaysi probirkaga 5 ml rangli eritma solib aralashtiriladi. Probirkalar qaynab turgan suv hammomiga 20 daqiqaga qo‘yiladi, so‘ngra oqib turgan suv tagida 2-3 daqiqa sovitiladi. Tajriba va standart tajribalar yashil nur filtrida nazorat eritma qarshisida 10 mm li kyuvetada fotokolorimetrlanadi. Nazorat tajriba haqiqiy tajribadek o‘tkaziladi, faqat cho‘kindi ustidagi eritma o‘rniga 0,5 ml distillangan suv olinadi. Siydikchil miqdori quydagi tenglamaga binoan hisoblanadi: 100 . . . st doim teksh E E X X- siydikchil miqdori mg/100 ml. E teksh. - tajribaning optik zichligi. 174 E doim. - doimiy standart eritmnaing optik zichligi. 100- siydikchilning doimiy eritmadagi miqdori, mg/100 ml SI sistemasi birligiga o‘tkazish koeffitsienti (mmol/l 0,1665 ga teng). Siydikchil miqdorining kamayishi, parenhimatoz gepatit, jigar sirrozi (jigarning siydikchil hosil qilish faoliyati keskin kamaygan holatlarda, homiladorlikda, eklampsiya vaqtida kuzatiladi. Siydikchil miqdorining ortish nefrit, istima, sepsis, buyrak sili hastaliklarida kuzatiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling