Olingan natijalarni rasmiylashtirish: usulning asoslanishi, uni aniqlash
yo‘llari, qon zardobi oqsillarning miqdoriy nisbatlari va ularning kasalliklarda
o‘zgarishini, fraksiyalari ko‘rsatkichini daftaringizga yozing va hulosa chiqaring.
128- ish. AZOT QOLDIG‘I MIQDORINI O‘LCHASH
Qonning azot qoldiqlari asosini 50% siydikchil, 25% aminokislota azoti va
boshqa azot tutivchi birikmalar tashkil qiladi. Sog‘lom odam qonida azot koldig‘i
14,3 –25,0 mmol/l (20-40 mg/100 ml), yangi tug‘ilganlarda 42,84 –71,40 mmol/l (60-
100 mg/ 100 ml) bo‘ladi. Chaqaloq 10-12 kunlik bo‘lganda bu ko‘rsatkich
kattalarnikiga yaqinlashadi. Qon tarkibidagi azot qoldig‘i va uning fraksiyalarini
aniqlash amaliy ahamiyatga ega, ayniqsa u buyrakning ajratuvchanlik faoliyati
buzilishini aniqlashda yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qon tarkibidagi azot qoldiqlari miqdorining oshishi “azotemiya” deb ataladi.
Azotemiya ikki xil bo‘ladi: absolyut (azot qoldiqlari komponentlarining qonda
yig‘ilishi va nisbiy (qusish yoki ich ketish natijasida organizmning suvsizlanishi, bu
ayniqsa yosh bolalarda kuzatiladi). Absolyut azotemiya sabalari ikki xil: retension
(buyrak bilan bog‘liq) va produksion (buyrak bilan bog‘liq bo‘lmagan). Retension
azotemiya o‘rtacha miqdordagi azot chiqindilari yig‘ilishi natijasi bo‘lib, buyrak
ajratuvchanlik faoliyati buzilishidan, masalan o‘tkir va surunkali buyrak yallig‘lanishi
va qondagi siydikchil miqdorining ko‘payishidan kelib chiqadi. Surunkali nefritlarda
turg‘un azotemiya buyrak yetishmovchiligidan dalolat beradi. Produksion azotemiya
esa oqsillarning parchalanishi ortish va aminokislotalar miqdorini ko‘payishi bilan
bog‘liq. Xavfli o‘sma kaslliklarida kuzatiladi. Giperazotemiya o‘smaga bog‘liq
bo‘lmagan holda xaddan tashqari ozish (kaxeksiya), sil, diabet, jigar sirrozi,o‘pkaning
krupoz yallig’lanishi, jigar atrofiyasi, yurak faoliyatining susayishi, buyrak usti bezi
gipofunksiyasi, ayrim yuqimli kaslliklarda, skarlatina, difteriyalarda kuzatiladi. Chala
tug‘ilgan bolarda azotemiya yaqqol namayon bo‘ladi, bu ularning buyragi to‘liq
rivojlanmaganligi va to‘qima oqsillarining shiddatli parchalanishi natijasidir.
Azot qoldiqlari miqdorining kamayishi vaqtida to‘yib ovqat yemaslik va
homiladorlikda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |