Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
Hisoblash: oqsil fraksiyalarning miqdori absolyut va nisbiy kattaliklarda
hisolanadi. Bir nisbiy miqdorning % ini topish uchun aluminlarning optik zichligi uchga ko‘paytiriladi va qolgan gloulinlar miqdorining yig‘indisi qo‘shiladi. Barcha fraksiyalr ko‘rsatkichining umumiy yig‘indisi 100 % deb olinadi, har qaysi fraksiya uchun foiz miqdori hisoblanai. Masalan, agar barcha fraksiyalar uchun optik zichlik yig‘indisi 0,84, albuminlar uchun esa 0,52 bo‘lsa, ushbu fraksiyalarning nisbiy miqdori quydagi proporsiya yordamida hisoblanadi: 0,84----------------- 100% 0,52------------X X=61,9 % Qolgan oqsil fraksiyalarning nisbiy miqdori shu yo‘l bilan hisoblanad. 2) qon zardobi oqsilning umumiy miqdori refraktrometril yoki biuretik usul bilan topilgach, har qaysi fraksiya uchun ml/mol/1 l (gram – protsent) hisobida aniqlanadi. Masalan, qon zardobi tarkibida 70 g/l (7,0 g%) oqsil bo‘lsa, albuminning miqdori quydagicha: 7,0------------100% x------------------- 61,0 X=43,3 g/l ( 4,33 g 5) 61,9% - tekshirilayotgan qon zardobi, tarkibidagi albuminning nisbiy miqdori. Olingan natijalarni m/mol/l hisobiga o‘tkazish uchun gramm-protsenti 0,154 hisoblash koefitsieniga ko‘chirish kerak; 3) albuminlarning va globulinlarning umumiy miqdorini bigan holda albumin- globulin koeffitsienti (A/G) hisolanadi. O‘rtacha miqdor A/G 1,3 –2,0 ga teng. Sog‘lom odam qon zardobining qog‘oz elektroforez yordamida aniqlangan oqsil fraksiyalari miqdori quydagicha: Albuminlar – 52,65,0 5 yoki 3,2- 5,6 g/100 ml, 0,49 – 0,86 mmol/l alfa 1 globulinlar- 2,5- 5,0 % yoki 0,1 –0,4 g/100 ml, 1,0 –4,0 g/l alfa 2 globulinlar –7,1- 13,0 % yoki 0,4- 1,2 g/100 ml, 4,0 –12,0 g/l betta globulinlar- 12-22,0 % yoki 0,5 – 1,6 g/100 ml, 5,0 –16,0 g/l. 171 Densitometrdan foydalangan holda oqsil fraksiyalarning nisbati densitogramma orqali topiladi. Densitometrda elektroforegramma orqali nur to‘plami o‘tkaziadi, ularning yutilish bo‘yalgan oqsil fraksiyalarning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektroforegrammalardan o‘tgach nur fotoelementda tutiladi va elektr tokiga aylanadi. Hosil bo‘lgan tok to‘lqinlari qog‘oz tasmaga egri chiziqlar holida yoziladi. Hosil bo‘lgan har qanday cho‘qqili chiziq oqsil fraksiyasini ifodalaydi - albuminlar, alfa 1 , alfa 2 , betta va gamma globulinlar ( 22-rasmga qarang ). Ushbu oqsil reaksiyalarining miqdoriy nisbatlari cho‘qqi maydoniga bog‘liq bo‘ladi. Bu cho‘qqilarni alohida 5 bo‘lakka bo‘lib, har qaysinisi tarozida tortish yo‘li bilan miqdori aniqlanadi yoki bo‘lmasa maxsus asbob – planimetrda aniqlanadi. Oqsil fraksiyalarning miqdoriy nisbatlari turli kasalliklarda turlicha o‘zgaradi va kasallikni aniqlash, ularni farqlah, davolash, nazorat qilishda katta ahamiyatga ega. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling