Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
2. QON PLAZMASI OQSILLARI
9-10% qondagi quruq plazmaniing 6,5-8,5 % i oqsillarga to‘g‘ri keladi. Qon plazmasi oqsillarini 3 guruhga bo‘lish mumkun: albuminlar, globulinlar, fibrinogen. Qon plazmasida albuminlar 20-30 g/l, fibrinogen 2-4 g/l ni tashkil qiladi. Yangi tug‘ilganlarda bu ko‘rsatkich kattalarnikidan pastroq. Bola hayotining birinchi oyida oqsil miqdori yanada kamayadi (45-55 g/l gacha) keyinchalik esa sekin-asta ko‘tarila boshlaydi va 7 yoshdan o‘tganda kattalar oqsili bilan tenglashadi. Qon plazmasining oqsillari ko‘proq jigarda va retikuloendotelial sistemada sintezlanadi. Qon plazmasi oqsillarning fiziolgik ahamiyati juda katta. 1. Oqsillar qon yopishqoqligini ta’minlaydi, qonning yopishqoqligi eritrotsitlarni bir me’yorida taqsimlanishi, leykotsitlarning harakatlanishi, qonning qon tomirlari bo‘ylab oqishini va kapillyar devorlaridan o‘tishini bir me’yorga solib turadi. 2. Oqsillar, gidrofil, kolloid bo‘lganligi uchun ma’lum miqdordagi suvmi bog‘lab, qon oqimida ularni saqlab turadi. Shu xossasiga ko‘ra oqsil kolloid - osmotik (onkotik) bosimni sozlab turadi va qon hajmini o‘zgartirmaydi. Bu jihatdan ayniqsa albuminlarning ahamiyati katta. 3. Oqsillar turli moddalarni (ionlar, yog‘lar, pigmentlar, vitaminlar, gormonlar, dorilar va hokazo) tashishda ishtirok etadi. Ular shu moddalar bilan qaytar kompleks hosil qilib, ularni to‘qimalarga yetkazadi. Bu jarayonni boshqarishda albuminlarni ahamiyati katta. Ammo plazmada shunday oqsillar borki, ular faqat tanlangan birikmalarni tashiy oladi. Masalan, transferin - temir tashuvshi, seruloplazmin - mis tashuvchu, 166 gaptoglobulinlar faqat gemoglobinlar bilan birikadi. 4. Pazma oqsillar oqsil bufer sistemalarini hosil qilib qonning doiymiy muhyitini saqlashda ishtiroq etadi. 5. Ionlar bilan nisbiy bog‘lanib, qondagi kationlar doimiyligini ushlaydi, temir, mis, magninyni ko‘p qismi va 40-50 % qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan. 6. Plazmaning ayrim oqsillari - (fibrinogen, protrombin va boshqalar) qon ivishida qatnashadi va (immunoglobulinlar) ni tashiydi shu bilan u himoya vazifasini bajaradi. 7. Oqsillar aminokislota rezervlari bo‘lib hisoblanadi. 73-jadval Turli yoshdagi bolalarning qon plazma oqisillari Yosh Oqsil miqdori g% g/l Yangi tug‘ilganlarda Chala tug‘ilganlarda 1 oylik 2 oylik 6 oylik 1 yoshda 3-4 yoshda 7 yoshda 12 yoshda 5,6 (4,7-6,5) 5,1 (4,4-5,8) 4,8 (4,1-5,5) 5,3 (4,7-5,9) 6,1 (6,4-6,8) 6,5 (5,7-7,3) 6,9 (5,9-7,9) 7,0 (6,2-7,8) 7,4 (6,8-8,0) 56,0 51,0 48,0 53,0 61,0 65,0 69,0 70,0 74,0 Oqsillar ishqoriy muhitda o‘tkizilgan qog‘oz elektroforezda 5 fraksiyaga bo‘linadi: albuminlar, alfa, alfa 1 , betta va gamma globulinlar. Bu fraksiyalarning nisbati rivojnanish jarayonida o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan bolalar qon plazmasigamma globulinlarning yuqori miqdori bilan ifodalanadi. Keyinchalik bu miqdor pasaya boradi va bola 3 yoshga yetganda kattalar gamma globulini bilan tenglashadi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan bolalarda fibrinogen oqsili kattalarnikiga nisbatan past bo‘lib, bola bir oylik bo‘lganda u me’yoridan 2,0 -4,0 g/l ga yetadi. Ayrim oqsillar - gaptoglobulinlar yangi tug‘ilgan bolalar qonida odatda uchramaydi. U bola bir oylikka yetganda paydo bo‘ladiva 6 oyga yetganda kattalarnikiga o‘xshash bo‘ladi, 6 oydan oshganda 100-120 mg% ga yetadi. 74-jadval Yosh Albumin Globulinlar α 1 α 2 β γ Yangi tug‘ilganlarda 3 oygacha 6 oygacha 9 oygacha 1 yoshgacha 1,5 yoshgacha 65,6 61,5 62,7 60,7 62,1 62,4 5,2 6,1 5,5 5,7 5,3 5,2 7,1 11,5 11,9 11,9 11,5 11,8 7,5 10,3 9,8 10,9 10,2 10,1 14,6 10,6 10,2 10,8 10,9 10,7 167 3 yoshgacha 6 yoshgacha 7 yoshdan 14 yoshgacha 62,4 61,9 63,3 5,2 5,0 5,6 10,8 8,9 6,7 9,5 9,9 9,4 12,3 14,3 15,1 Bolalarning ayrim kasalliklarida oqsilning ko‘payihsi (giperproteinemiya) yoki kamayishi (gipoproteinemiya) kuzatiladi. Giperproteinemiya ko‘pincha bolalarni noto‘g‘ri ovqatlantirilganda, suyuqlikni kam ichganida, ich ketganida va boshqalar natijasid yuzaga keladi. Qon plazmasi fraksiyalarinig birmuncha o‘zgarishi, anomal oqsillarning paydo bo‘lishi paraproteinemiya deyiladi. Paraproteinemiya mieloma kasalligida kuzatilib, bunda bitta yoki bir nechta gloulin fraksiyalari keskin oshadi. Umumiy oqsil miqdori 100-160 g/l ga yetadi. Patologik makroglobulinlar Valdenshtrem kasalligida uchraydi. Ayrim holatlarda yosh bolalar plazmasida oqsillarning kamayishi yoki butunlay bo‘lmasligi kuzatiladi. Oqsil fraksiyalaridan birining juda kamayishi defektoroteinemiya deb ataladi. Bularga analbunemiya, afibrinogenemiya, agamma- va gipogammaglobulinemiya kiradi. Gipoproteinemiya – oqsil moqdorning kamayishi byrak kasalligi - nefrit, hafli o‘smalar, alimentlar distrofiyalarda kuzatiladi. Revmotizmning surunkali bosqichida alfa, bettaglobulinlar miqdori ortadi. Yuqimli kasalliklarda gammaglobulinlarning ortganligi, jigar sirrozida albuminlar miqdorining keskin pasayishi va gammaglobulinlar ortganligi, buyrak kasalliklarda 9 nefrit, yog‘li nefromlarda, homiladorlik toksikozi va oshqalarda) albuming fraksiyalarining ko‘payishi kuzatiladi. Yuqoridagi turli patologik holatlarda qon plazmasi oqsil fraksiuyalrning o‘zgarish darajasi va xususiyatini o‘rganish kasalliklarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling