124- ish. QON GEMOGLOBININING SPEKTRAL ANALIZI
Gemoglobin havo kislorodi bilan oson birikib oksigemoglobinga aylanadi. Qon
tarkibidagi gemoglobinning asosiy qismi shunday birikkan holda uchraydi. Is gazi
(CO) bilan nafas olganda qonda oksigemoglobindan ham mustahkamroq bog‘langan
zaharli karboksigemoglobin (Hb-CO) hosil bo‘ladi. Qonga tirli oksidlovchilar ta’sir
etganda gemoglobin gemining ikki valentli temiri uch valentlikkacha oksidlanadi va
gemoglobin karboksigemoglobinga o‘xshash kislorodni biriktira olmaydigan
metgemoglobinga (met-Hb) aylanadi. Gemoglobin va uning hosilalari turli to‘lqin
uzunlikdagi nurlarni yutish qobiliyatiga ega va o‘ziga xos yutish spektrlarini aniqlash
turli kasalliklarda, organizm zaharlanganda, korxonaning zararli darajasini
belgilashda, adliya tibbiyotida katta ahamiyatga ega.
Tekshiriluvchi material. qon.
Reaktivlar. Ctoks reaktivi: qizil qon tuzining yangi tayyorlangan eritmasi.
Kerakli anjomlar: probirkalar, tomizgichlar, spektoroskop.
Usulning asoslanish. Nur manbai bilan spektoroskop orasiga gemoglobin yoki
uning hosilalarning suvli eritmalari joylashtirilsa ushbu eritmalar muayyan uzulikdagi
nurlarning bir qismini yutish natijasida shu joyda qora dog‘lar hosil bo‘ladi
(18-
rasm).
Qon pigmentlarining spektral analizi cho‘ntak spektroskop yordamida
o‘lchaniladi.
1. Hb-O
2
ning spektral analizi: probirkadagi bir tomchiqonga 2 ml
distillangan suv quyiladi va olingan sarg‘ish-pushti tusli eritma nur manbaiva
spektroskop orasiga joylashtiriladi. Oksigemoglobin erimasi sarg‘ish-yashil spektr D
va E fraungofer, ya’ni 578,1 va 541,7 nm to‘lqin uzunlikdagi qismda ikkita ingichka
qora dog‘larni hosil qiladi.
2. Gemoglobinnig spektr yutishi. Oksigemoglobin eritmasiga 5-8 tomchi
yangi tayyorlangan Stoks eritmasi (vino kislotaning temirli tuzining ammiakda
tayyorlangan eritmasi) tomiziladi. Stoks reaktivi tarkibidagi ikki valentli temir bu
sharitda oksidlanadi, ya’ni uch valentli temirga aylanadi va oksigemoglobindan
gemoglobin hosil bo‘lishiga imkon yaratadi. Och pushti rangli eritma qorayib to‘q
binafsha tusga kiradi. D va E chiziqlar orasida keng yo‘lli dog‘ paydo bo‘ladi. Uning
to‘qroq qismi 555-558 nm ga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |