165
Diazoaralashma (guruhdagi talabalarga yetarli miqdorda tayyorlaniladi)
sulfanil kislotanong 5 % li eritmasi 10 ml olib 0,3 ml 0,5 % lli natriy nitrat eritmasi
bilan arlashtiriladi.
Tekshiruv va nazorat eritmalari yaxshilab aralashtiriladida 20 daqiqa qorong‘i
joyga qo‘yiladi. So‘ng yashil nur filtri (500-560 nm to‘lqin uzunligidagi) qarshisida
kolorimetrlanadi. Agar hosil bo‘lgan rang och bo‘lsa, kolorimetrlashdan oldin ikkala
probirkaga 3 tomchi 30% li natriy gidroksid eritmasi solinadi. Bu holda rang yashil
tusga, bilirubin miqdori juda ko‘p bo‘lsa ko‘k
tusga kiradi, ko‘pincha
eritma
tiniqlashadi. Bu vaqtda eritma FEK ning qizil nur filtrda kolorimetrlanadi. Uning
miqdori o‘lchov egri chizig‘i bo‘yicha hisoblanadi.
Olingan natijalarni rasmiylashtirish: daftaringizga
usulning asoslanishini,
kolorimetr ko‘rsatkichi va hisob natijalarni yozing. Bilirubinning o‘rtacha
ko‘rsatkichini ko‘rsating va tegishli xulosa chiqaring.
O‘lchov egri chizig‘ini tayyorlash. Bilirubinning 8 marta suyultirilgan doimiy
(80 mg 100 ml) eritmasidan 0,05; 0,10; 0,15; 0,20; 0,25
ml dan qilib qator
probirkalarga solinadi va natriy xloridning izotonik eritmasi
bilan probirkalardagi
eritmalarning hajmi 0,5 ml ga yetkaziladi. Ushbu probirkalardagi
bilirubinning
miqdori (mg) 0,5 ml dan 0,005; 0,01; 0,020 va 0,025 ni tashkil qiladi. Uning
konsentrasiyasi esa (100 mg/ml) 1, 2 ,3 ,4, 5 ga teng. Ish tartibi tajribaga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: