2 -laboratoriya ishi zararli va zaharli moddalarining konsentratsiyasini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 101.59 Kb.
|
Laboratoriya ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot rejasi
- Tayanch iboralar
2 -LABORATORIYA ISHI Zararli va zaharli moddalarining konsentratsiyasini aniqlash. Ishning maqsadi: Zararli changlarning inson organizmiga ta`siri, zararli changlar darajasini aniqlash uslubiyoti va asboblari bilan tanishish, ish joylari havosi tarkibidagi zararli changlar miqdorini aniqlash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish. Mashg’ulot rejasi: 1. Umumiy ma`lumotlar. 2. Chang miqdorini aniqlash qurilmasining tuzilishi. 3. Ishni bajarish tartibi. 4. Hisobot tarkibi. Kerakli jihozlar: Aspirator, filtr AFA-V-18, filtr uchun allonj, 0,1 mg aniqlikgacha o`lchovchi tarozi, barometr-aneroid, termometr. Topshiriqlar: Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida yuzaga keladigan changlar va ularning inson organizmga ta`sirini o`rganing. CHang miqdorini aniqlash qurilmasining tuzilishi va ishlash tartibini o`rganing. Belgilangan ish joyi havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlang, ruxsat etilgan miqdor (“PDK”) bilan taqqoslab, xulosalang. 4. Quyida ko`rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring. Tayanch iboralar: chang, chang turlari, changlanish darajasi, ruxsat etilgan miqdor, aspirator, chang filtri, ruxsat etilgan miqdor. 2.1. Umumiy ma`lumotlar Sof, toza havo bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo`lib, uning tarkibida 77 foiz azot, 21 foiz kislorod, 1 foiz is gazi va boshqa faol gazlar, 1 foiz inert gazlar mavjud bo`ladi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida ish joyining havosi ishlab chiqarish texnologiyasi va ish sharoitiga bog’liq holda turli xil zararli changlar va gazlar bilan ifloslanadi. Xalq xo`jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalarida havo tarkibida hamisha ma`lum miqdorda, ya`ni 1m.kub havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg gacha changlar bo`ladi. CHanglarning inson organizmiga ta`siri ularning kimyoviy tarkibi va chang zarralarining o`lchami bilan baholanadi. Changlar kimyoviy tarkibiga bog’liq holda organik, noorganik (mineral), metall va aralash changlarga bo`linadi. Yirik changlar odatda burun bo`shlig’ida ushlanib qoladi. Mayda changlar esa (asosan o`lchami 0,001 mm dan kichik bo`lgan changlar (masalan: mayda tuproq, ohak, tsement, don changlari va b.) nafas olganda burun bo`shlig’idan o`tib, o`pkaga o`rnashadi va ular tashqariga chiqib ketmaydi. Ishlab chiqarishda paydo bo`ladigan ayrim kichik o`lchamli changlar esa burun bo`shlig’ida va o`pka to`qimalariga o`rnashib olib, vaqt o`tishi bilan sekin-asta turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo`ladi. Bundan tashqari changlar inson terisiga, burun to`qimalariga ham katta ta`sir etadi. Natijada ular har xil kasalliklar, jumladan allergenik, sil, bronxial’ astma kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli changlarning zararli ta`siridan himoyalanish talab etiladi va buning uchun esa ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, changli muhitda maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish talab etiladi. Ish joylari havosi tarkibini me`yorlashtirish tadbirlaridan biri zararli moddalar (changlar) miqdorini ruxsat etilgan miqdor (PDK) darajasiga olib kelishdir. Ish joylaridagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (PDK) deb me`yoriy ish vaqti hisobida ishchining butun ish staji davrida uning sog’ligiga ta`sir etmaydigan va kasb kasalliklarini keltirib chiqarmaydigan miqdorga aytiladi. Zararli moddalar inson organizmiga ta`sir etish darajasiga qarab 4 sinfga bo`linadi: Favqulodda xavfli moddalar (PDK≤ 0,1 mg/m3) YUqori xavflilikdagi moddalar (PDK≤0,1…1,0 mg/m3) O`rta xavflilikdagi moddalar (PDK≤1,1 …10,0 mg/m3) Kam xavflilikdagi moddalar (PDK≥ 10 mg/m3) 1-jadval Download 101.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling